Daniyada 1 noyabr, seşanba kuni bölib ötgan navbatdan taşqari parlament saylovlari natijalariga köra, ikki blokdan heç biri Folketing (bir palatali parlament)da köpçilik örinni qölga kiritiş uçun yetarliça ovoz töplay olmayapti. Dastlabki rasmiy natijalarga köra, boş vazir Mette Frederiksenning Sotsial-demokratik partiyasi saylovçilarning eng köp – 27,5 foiz ovozini oldi.
Şu bilan birga, parlamentni şakllantiriş uçun zarur bölgan mutlaq köpçilik örinni uşbu siyosiy birlaşmaga tegişli bölgan söllarning «Qizil bloki» ham, liberallar, konservatorlar va öng qanot populistlaridan iborat «Moviy blok» ham qölga kiritmadi. Şu tariqa, birinçi alyans parlamentdagi 179 mandatdan 87 tasiga, ikkinçisi esa 72 mandatga işonişi mumkin. Köpçilik örin uçun 90 ta mandat kerak.
AFP agentligining ta’kidlaşiça, heç bir blokka qöşilmagan Daniya sobiq boş vaziri Lars Rasmussenning Mö’tadil partiyasi pozitsiyasi hal qiluvçi böladi. Dastlabki natijalarga köra, u Folketingda 16 ta örinni oladi.
Bir palatali parlamentdagi örinlar uçun 14 ta partiyadan nomzodlar kuraş olib bordi. Dastlabki rasmiy natijalarga köra, «Qizil blok» 48,1 foiz ovoz töplamoqda. 7 partiyadan iborat «Moviy blok» 41,6 foiz ovoz oladi.
Daniyada saylovoldi kampaniyasi asosan içki masalalarga, xususan, yuqori inflatsiyaga va energiya narxining keskin oşişi atrofidagi vaziyatga qarşi kuraşga qaratilgan edi. 2019 yilda ozçilik hukumatini boşqargan sotsial-demokrat Mette Frederiksen hozirda an’anaviy siyosiy bloklardan ustun bölgan hukumatga intilmoqda.
Ukrainadagi uruş, energetika inqirozi va boşqa global muammolarni hisobga olgan holda, u keng siyosiy doiradagi partiyalar bilan hamkorlik qiliş zarur deb hisoblaydi. Olti partiyadan iborat va liberal-konservativ Venstre partiyasi yetakçisi Yakob Ellemann-Yensen boşçiligidagi öng markazçilar bloki bunday ittifoqda iştirok etişdan boş tortmoqda. Saylovlarning dastlabki natijalari hisobga olinsa, Mette Frederiksen Daniya boş vaziri bölib qola oladimi, degan savol hamon oçiq qolmoqda.












