Şavkat Mirziyoyevning maxsus topşiriğiga asosan 1 noyabr kuni prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov raisligida videoselektor yiğilişi bölib ötdi va unda xalq ta’limi sohasida yuzaga kelgan muammolar muhokama qilindi.
Yiğilişda berilgan tezkor ma’lumotga köra, davlat rahbarining Qoraqalpoğiston respublikasi va Xorazm viloyatidagi boşlanğiç sinf öquvçilariga bepul tuşlik yetkazib beriş böyiça topşiriği töliq bajarilmagan. Yangi öquv yilida Xorazm viloyatida keytering usulida 1-4 boşlanğiç sinf öquvçilari uçun bepul tuşlik beriş 94 foiz maktablarda yölga qöyilgan bölsa, Qoraqalpoğistonda tender tanlovlarini ötkaziş davom etayotganligi bois uşbu amaliyot hali töliq yölga qöyilmagani bildirildi.
Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi raisi Qahramon Sariyevning ma’lum qilişiça, tender savdolarining bir qismi yakunlanib, 19 sentabrdan boşlab ayrim maktablarda bepul tuşlik beriş boşlangan. Faqat olis hududlardagi maktablar ta’minoti muammo bölmoqda, buning yeçimi izlanyapti. Buning uçun oktabr oyida ham tender tanlovlari davom ettirilgan, tez orada oxirgi tender savdolari ötkazilişi rejalaştirilmoqda.
Sardor Umrzoqov davlat rahbarining xayrli taşabbusi ijrosiga nisbatan mas’ullarning bunday sustkaşlikka yöl qöygani uçun e’tiroz bildirdi. Gap boşlanğiç sinf öquvçilarining ovqatlari haqida ketayotganini, bu masalaga panja ortidan qaraş mutlaqo mumkin emasligini, davlat budjetidan barça tegişli mablağlar ajratilib, moliyaviy masala birorta muammo yöqligini ta’kidlandi.
“19 sentabr deyapsiz, axir öquv yili qaçon boşlanadi? Nahotki davlat rahbarining topşiriğini maktab davri boşlangunça yölga qöyib bölmasa? Barça zarur mablağlar ajratib berilgan”, – dedi administratsiya rahbari.
Bepul tuşlik tarqatilişi töliq yölga qöyilmagani yuzasidan Xalq ta’lim vazirligi, Boş prokuratura hamda Hisob palatasi vakillari iştirokida tekşiriş ötkazilişi va natijasi böyiça axborot beriş vazifasi yuklandi.








