Biznesmen Oleg Tinkov internet-trollarni Rossiya fuqaroligidan çiqişini e’lon qilgan Instagram'dagi postini öçirib taşlaşda aybladi. «Putinning trollari qandaydir yöl bilan Instaga yetib keldi, mening postim yöqolib qoldi. U Rossiyaning mustaqil Ukrainaga bostirib kirişi sababli Rossiya fuqaroligidan çiqişga qaror qilganimni aytgandi. Men bu uruşga va tinç aholining öldirilişiga qarşiman», — deb yozgan Tinkov 1 noyabr, seşanba kuni.
Bir kun avval u Rossiya fuqaroligidan voz keçişini ma’lum qilgan edi. «Men bularning barçasini körişni istamayapman va Putin faşizmiga aloqador bölmayman! Mening sobiq vatandoşlarim tinç odamlarni öldirib, talon-toroj qilayotganini körişni xohlamayapman», - deydi tadbirkor. U boşqa işbilarmonlarni undan örnak olişga, «faşizm uçun işlamaslikka», «bizneslarini va fuqaroligini tark etişga» çaqirdi.
Oleg Tinkov Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan beri bir neça bor uruşga qarşi bayonotlar bilan çiqqan. Xususan, aprel oyida u «Italiyada ukrainalik qoçqinlarga va Rossiyada rossiyalik yaradorlarga bevosita yordam bermoqçi»ligini yozgan. Keyinroq u Instagram'da post e’lon qildi, unda u «kollektiv Ğarb»dan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga «yuzni saqlab qoliş» va «qirğinni töxtatiş» uçun Ukrainadagi mavjud vaziyatdan «aniq çiqiş» imkoniyatini berişni söradi. Uning ta’kidlaşiça, sodir bölayotgan voqealardan «bitta benefitsiarni» körmayapti. «Begunoh odamlar va askarlar ölmoqda», deb yozadi Tinkov. Uning fikriga köra, rus generallari «boş oğriği bilan uyğonib, armiya aslida qobiliyatsiz ekanini angladilar».
«Tinkoff» banki öz ta’sisçisining bayonotlaridan uzoqlaşdi va buni «şaxsiy fikr» deb atadi. May oyida Tinkov Rossiya hukumatini öz oilasining «Tinkoff» banki va «Tinkoff Straxovaniye»ga egalik qiluvçi TCS Group korporatsiyasidagi uluşini sotişga majburlaganlikda aybladi. Tadbirkor Ukrainadagi uruşga qarşi oçiq çiqiş qilgan kunning ertasiga Rossiya prezidenti ma’muriyati vakillari «Tinkoff» banki rahbariyati bilan boğlanib, milliylaştiriş bilan tahdid qilişdi, dedi tadbirkor. Şu bilan birga, gap Kreml tomonidan unga yuklangan va narxi muhokama qilinişi nazarda tutilmagan «umidsiz sotuv» haqida borgan.
Mart oyi oxirida tadbirkor Britaniya sanksiyalariga uçradi: uning yaxtalariga mamlakat portlariga kiriş, samolyotlariga esa havo hududida parvoz qiliş taqiqlandi. London keyinroq çeklovlarni bekor qildi.












