RF Qurolli Kuçlari tomonidan tungi öqqa tutilganidan keyin Zaporijjya atom elektr stansiyasi töliq quvvatsizlandi. 3 noyabr, payşanba kuni ertalab Ukrainaning «Energoatom» kompaniyasi tomonidan ma’lum qilinişiça, öqqa tutilişi ZAESning Ukraina energetika tizimi bilan sönggi ikkita yuqori voltli aloqa liniyasiga zarar yetkazgan: «Soat 23:04 da stansiya töliq öçirişga ötdi. Barça 20 ta dizel generatorlari yoqilgan». 

«Energoatom» ma’lumotlariga köra, hozirda ZAESda öz ehtiyojlarini energiya bilan ta’minlaş sxemasi optimallaştirildi, töqqizta dizel generatori işlamoqda. Beşinçi va oltinçi quvvat bloklari sovuq holatga ötkaziladi. 

Şu bilan birga, ZAESni töliq quvvatsizlantiriş rejimida dizel generatorlarining işlaşi uçun yonilği 15 kunga yetadi. «Orqaga hisoblaş boşlandi», deb ogohlantirdi «Energoatom». Sovitiş tizimi töxtatilgaç, reaktorlarning yonilği tayoqlari eriy boşlaydi.

Oktabr oyi örtalarida Ukraina kompaniyasi rahbari Petr Kotin Germaniyaning ZDF telekanaliga bergan intervyusida stansiyada yadroviy avariya ehtimoli yuqori ekanligini aytib, stansiya elektr ta’minotida uzoq muddatli uzilişlar bölişi ikkinçi «Fukusima»ga olib kelişi mumkinligini taxmin qilgandi.