1 noyabr kuni xalq ta’limi muammolari tahlili va ularning yeçimi böyiça prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov raisligida videoselektor yiğilişi bölib ötdi. Tadbirda Özbekistonda Finlandiya ta’lim tizimi asosida darsliklarni takomillaştiriş böyiça administratsiya rahbari örinbosari Komil Allamjonovning hisoboti tinglandi. 

«Finlandiya ta’lim tizimi Yevropada yetakçi. Biz ular bilan muntazam aloqadamiz, tajriba almaşyapmiz, örganyapmiz. Ulardan olingan tajriba bizda ham jiddiy ijobiy özgarişlarga sabab bölişiga işonaman. Ayni paytgaça Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri böyiça jami 14 ta maktab, 139 ta sinfda 1-4 sinflar uçun darsliklar tajriba-sinovdan ötkaziladi. Jarayonda 4146 nafar öquvçi iştirok etadi, 6432 nafar öqituvçi ham qatnaşiş istagini bildirdi», – dedi Komil Allamjonov.

Ma’lum qilinişiça, aniq va tabiiy fanlar darsliklari, öquv dasturlari yuzasidan finlandiyalik mutaxassislar xulosalari olinmoqda va ularni çop etiş böyiça «Otava» hamda «Sanora» naşriyotlari bilan onlayn muhokamalar taşkil etilgan.

Milliy komponent fanlari böyiça esa ona tili va adabiyot, tarix, huquq, tarbiya, tasviriy san’at, musiqa fanlari darsliklari mahalliy mualliflar iştirokida yaratiladi.

Sardor Umrzoqov jarayonni tezlaştiriş zarurligi, har bir yöqotilgan kun keçikişga sabab bölişini ta’kidladi.

«Finlandiya tajribasini örganayotganimiz, darsliklaridan andoza olayotganimiz yana boşqaça talqin qilinmasin. Biz darsliklarimizda davlatçilik mafkuramiz, milliy madaniyatimiz, ma’naviyatimizni aks ettiramiz albatta va bu jarayonda mutaxassislarimiz bevosita iştirok etadi. Faqat aniq fanlar böyiça xorijiy tajribani joriy qilamiz. Albatta, bu katta mehnat, mablağ talab qiladi. Ammo davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek yetuk va bilimdon avlod tarbiyalaş yölida barça sa’y-harakatlarni amalga oşiramiz», – deya prezident administratsiyasi rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.