Prezident ta’lim muassasalari agentligining “Onlayn darslar” loyihasi yaqindan boşlab yölga qöyilgan. Bunda agentlik tizimidagi maktablarda faoliyat yuritadigan eng tajribali öqituvçilar ötayotgan darslar yozib olinib, platformaga joylanadi, deya xabar bermoqda agentlik Kun.uz’ga.

Bu videodarslar orqali prezident maktabiga öqişga kirişga nomzodlar mantiqiy fikrlaş, matematika darslariga oid misol va masalalarni yeçiş usullarini onlayn örganişlari va imtihonlarga tayyorlanişlari mumkin.

Hozirça mantiqiy fikrlaş va matematika testlaridan tayyorlangan videodarslar e’lon qilingan. Ularni uşbu havolalar orqali topiş mumkin.

“Ingliz tili darsidan tayyorlanayotgan videodarslar ham tez kunda rasmiy sahifalar orqali taqdim etilişi rejalaştirilgan. “Onlayn dars” loyihasi Prezident maktablaridagi muhitni, metodikani boşqa maktablarga ham olib kiriş uçun olib borilayotgan işlarning davomi hisoblanadi”, – deyiladi agentlik xabarida.