Aniqlanişiça, 2022 yil 27 oktabr kuni taxminan soat 15:00 da Angor tumani Navröz mahallasi hududida joylaşgan tibbiyot birlaşmasi binosining birinçi qavatida Termiz şahar Pattakesar mahallasida yaşovçi D.S. va Samarqand viloyati Urgut tumanida yaşovçi G.I.lar heç bir sababsiz janjal kötarib, uşbu tibbiyot birlaşmasi travmatolog şifokori E.Jumageldiyevni urib, yengil tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan 2022 yil 1 noyabr kuni Angor tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan D.S. va G.I.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Keça, 2022 yil 1 noyabr kuni Angor tumani hokimligi axborot xizmati va Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati şifokorni uç kişi döpposlagani va holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilayotgani haqida xabar bergandi.
Avvalroq, Denov tumanida hamşira, 2022 yil 12 oktyabrda Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida «Tez yordam» şifokori, 16 oktyabr kuni Mirobod tumanida «Tez yordam» şifokori va haydovçisi döpposlangandi.
2022 yil 19 oktyabr kuni Qaşqadaryo bemorning öğli şifokorni döpposlagan va unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgandi.











