Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati Surxondaryoda uç nafar fuqaro şifokorni kaltaklagani yuzasidan munosabat bildirdi.
Aniqlanişiça, 27 oktabr kuni soat 15:20 da Angor tumani tibbiyot birlaşmasining travmatologiya bölimida it tişlagan bemorni tibbiy körikdan ötkazayotgan şifokor J.E.ning huzuriga 3 nafar fuqaro salomatligi töğrisida ma’lumotnoma yozib berişini sörab kelgan.
Şifokor ularga qabulidagi bemorga yordam körsatayotganini, ma’lumotnomani esa şundan söng yozib berişini aytgan. Bundan norozi bölgan fuqarolar vraç J.E.ni ayovsiz döpposlab, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan.
Ötkazilgan tibbiy tekşiruvlar davomida şifokor J.E.ga boş miya yopiq jarohati, oğiz pastki lab yumşoq töqimalari lat yeyişi, öng son yumşoq töqimalari lat yeyişi va teri osti gematomasi, qorin böşliği a’zolari lat yeyişi, kuçli qontalaş taşxisi qöyilgan.
Hozir tibbiyot xodimiga tajovuz qilgan uşbu fuqarolarga nisbatan Angor tumani içki işlar bölimi tomonidan tergovga qadar dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.
«Oxirgi paytlarda bemorlar va ularning yaqinlari tomonidan öz xizmat vazifasini bajarayotgan şifokor va hamşiralarga nisbatan kuç işlatiş va tajovuz qiliş holatlari tez-tez kuzatilmoqda. Şundan kelib çiqib, mamlakatimizda tibbiyot xodimlari faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun qonunçilikda tegişli javobgarlik belgilanişi kun tartibidagi muhim masalaga aylandi. Angor tumanida sodir bölgan yuqoridagi holat esa mazkur jarayonni yanada jadallaştiriş zarur ekanini yana bir bor körsatdi.
Eslatib ötamiz, 2019–2022 yillar davomida Özbekistonda 290 ga yaqin holatda tibbiyot xodimlariga nisbatan turli şakldagi tajovuzlar qilingan. Şu bois ayni paytda Oliy Majlis Qonunçilik palatasida tibbiyot xodimlari faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun qat’iy javobgarlik belgilaş yuzasidan qonun loyihasi körib çiqilmoqda», deyiladi vazirlik munosabatida.

















