Toşkent şahrida katta hajmli jamoat transportlari köpaytirilib, markazga keluvçi şaxsiy transportlar oqimi ança qimmat bölgan pulli turargohlar orqali çeklanadi. Transport vazirligi vakili Murod Obidov 2 noyabr kuni soha vakillari bilan bölib ötgan konferensiyada poytaxtda transport harakatini yaxşilaş, tizimni rivojlantiriş maqsadida işlab çiqilayotgan makromodel haqida ma’lumot berdi.

Toşkent davlat transport universitetida ötgan tadbirdan surat / Foto: Kun.uz

Ta’kidlanişiça, makromodelda Toşkentga qaysi transport yönalişi böyiça qanday turdagi va siğimdagi harakat tarkibi kerakligi aks ettiriladi, keyinçalik esa bu model sohada qabul qilinadigan hujjatlarni oldindan baholaş vositasi sifatida qöllanadi.

«Oldimizda turgan 3 ta tadqiqot işlarimizni amalga oşirişimiz kerak. Dastlab, qisqa vaqt içida poytaxtning taxminan 300 ta nuqtasidagi transport oqimlarini, 40 ta eng katta yuklama bor bölgan va yönalişlar kesişgan nuqtalarda yölovçilar aylanmasini, keyin esa 140 ta avtobus yönalişlaridagi yölovçilar oqimini örganişimiz kerak.

Uçinçi asosiy tadqiqotimizda ijtimoiy sörovnomalar ötkaziş orqali aholining yöllarga sarflaydigan vaqti, kunlik foydalanadigan transport turlari va şu kabi 40 dan ortiq savollarga javob olib, natijalarni modelga kiritamiz. Şundan keyin bizda aholining harakatlaniş trayektoriyasi paydo böladi, buni ilmiy tilda «matritsa» desak ham böladi. Ya’ni tizim bizga qaysi köça va uçastkalarda qança hajmdagi harakatlanişga ehtiyoj borligini hisoblab beradi. Bu hisob-kitobga asosan biz jamoat transporti yönalişlarini şakllantirişni boşlaymiz», – dedi Murod Obidov. 

Şuningdek, loyiha ofisi rahbari Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida bugungi kunda jamoat transportining jozibadorligi keskin kamayganini aytib ötdi. Uning ta’kidlaşiça, bunga avtobuslar intervali ança uzoqligi va aholi talabiga nisbatan soni kamligi sabab bölmoqda.

Murod Obidov, Transport vazirligining Toşkent şahar transport tizimini kompleks rivojlantiriş loyiha ofisi direktori / Foto: Kun.uz