2022 yil 3 noyabr kuni qadimiy va hamişa navqiron Samarqand şahrida ikkinçi Özbekiston iqtisodiy forumi öz işini boşladi. Ikki kun davom etadigan uşbu nufuzli tadbir dunyoning yetakçi iqtisodçilari, taniqli investor va xalqaro ekspertlarni bir makonga jamlamoqda.

Foto: Trastbank

Bu yilda «Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning boş mazmuniga aylantiriş» asosiy mavzu qilib olingan bölib, kun tartibida Yangi Özbekistonning kelgusi beş yillik Taraqqiyot strategiyasi, uning maqsadlari, istiqbollari, imkoniyatlari va vazifalarini oçiq va çuqur muhokama qiliş örin olgan. Qolaversa, iqtisodiy ösişni ta’minlaşda xususiy sektorning roli, özgaruvçan muhitda pul-kredit va makroprudensial siyosat hamda yaşil iqtisodiyotga ötiş zarurati kabi mavzular ham muhokama markazida böladi.

Foto: Trastbank

Mazkur forum doirasida bir qator taşkilot va idoralar, xususan, moliya muassasasalari xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş borasida muhim kelişuvlarga erişmoqda.

Xususan, 3 noyabr kuni «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni yangi bosqiçga kötariş, xodimlar malakasini oşiriş, örta va kiçik biznes loyihalarini moliyalaştirişga oid qator Memorandum va bitimlarni imzoladi.

Foto: Trastbank

«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy sektorni rivojlantiriş böyiça Islom Korporatsiyasi örtasida hamkorlik Memorandumi imzolangani şular jumlasidandir. Unga köra, tomonlar Özbekistonda kiçik va örta biznes böyiça istiqbolli loyihalarning islom tamoyillari asosida moliyalaştirilişiga doir hamkorlik davom ettiriladi.

Foto: Trastbank

Ta’kidlaş joizki, «Trastbank» XAB va XSRIK örtasidagi hamkorlik 2018 yilda boşlangan bölib, bugungi kunga qadar jalb qilingan liniyalarning umumiy hajmi 17 million AQŞ dollarini taşkil etadi.