AQŞ harbiy-havo kuçlari 5 noyabr, şanba kuni Koreya yarimorolida 31 oktyabrdan buyon AQŞ Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ötkazayotgan «Sergak pörtana» maşğulotlarida B-1B strategik bombardimonçi samolyotlaridan foydalaniş niyatida. Bu haqda Janubiy Koreya qurolli kuçlari vakili ma’lum qildi.

Avvalroq Seul Vaşingtondan «strategik vositalar», jumladan, aviataşuvçilar, atom suvosti kemalari va uzoq masofali raketalarni taşuvçi bombardimonçi samolyotlardan foydalanişni köpaytirişni söragan edi.

AQŞ va Janubiy Koreya havo hududi böyiça qöşma maşğulotlar 4 noyabr kuni yakunlanişi kerak edi. Biroq Şimoliy Koreyaning provokatsiyalari tufayli ularni bir kunga uzaytirişga qaror qilindi. Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligiga köra, Pxenyan sönggi kunlarda maşğulotlarga norozilik sifatida bir neça raketa otgan. 

Amerikaning B-1B strategik bombardimonçi samolyotlaridan AQŞ va Janubiy Koreya örtasidagi qöşma maşğulotlarda foydalaniş 2017 yildan beri birinçi marta sodir böladi. OAV ma’lumotlariga köra, Qöşma Ştatlar Mikroneziyadagi Guam oroliga törtta şunday bombardimonçi samolyotni joylaştirgan. 

B-1B bombardimonçi samolyotlari AQŞ tomonidan Iroq va Afğonistonda işlatilgan. 1990-yillardan beri ular yadroviy raketalarni taşiş uçun işlatilmayapti.

2021 yil oktabr oyida Forbes jurnali «2017 yilda B-1 AQŞ harbiy-havo kuçlari yangi uzoq masofali kemaga qarşi raketani (Long-Range Anti-Ship missile, LRASM) taşiş uçun özgartirgan samolyotlarning birinçi turiga aylandi» deb yozgan edi. U öq-dorilarni 300 milya (483 kilometr) masofaga olib ötişi mumkin va yuqori texnologiyali köp rejimli qidiruvçi tizim bilan jihozlangan. B-1 3 million dollarlik 24 tagaça raketalarni olib yurişi mumkin.

«Bir juft B-1 Rossiya Boltiq flotiga 48 ta LRASM raketasini otişi mumkin. Bu butun flotni bir vaqtning özida çöktiriş va mintaqadagi AQŞ va ittifoqçi kemalar uçun asosiy xavfni yöq qiliş uçun yetarli», - deb yozgan öşa paytda naşr.

2014 yilda Qrim Rossiya tomonidan annexia qilinganidan söng bu yarimorol «NATOning janubi-şarqiy qanotidagi haqiqiy qal’aga» aylanganiga e’tibor qaratgan jurnal: «uruş paytida Qora dengiz otişma poligoniga aylanişi mumkin. B-1 bombardimonçi samolyotlari esa eng katta qurol böla oladi», deya ma’lum qilgan.