2026-yil 3-noyabrdan xorijiy davlatlardan AQŞga uçuvçi barça yölovçilar, jumladan, tranzit yölovçilar ham maxsus deklaratsiya töldirişi şart böladi.
AQŞ Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazi (CDC) joriy etayotgan talabga köra, har bir yölovçi AQŞga uçişdan oldingi 21 kun davomida Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) hududida bölmaganini tasdiqlovçi qoğoz yoki elektron deklaratsiyani töldirişi va imzolaşi kerak.
KDR aeroporti orqali tranzitdan ötiş ham mamlakat hududida bölganlik hisoblanadi. Bu hatto yölovçi samolyotdan yoki aeroportdan taşqariga çiqmagan holatlarga ham taalluqli.
Jiddiy talablar KDR hududida öta xavfli Ebola virusining tarqalişi bilan boğliq.
18 yoşga tölmagan yölovçilar uçun deklaratsiyani ota-onasi, vasiysi yoki boşqa vakolatli şaxs töldiradi va imzolaydi.
Deklaratsiyani taqdim etmagan yölovçilar reysga çiqarilmaydi. Qasddan yolğon maʼlumot beriş esa AQŞ qonunçiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bölişi mumkin.
Yölovçilarga talablar bilan oldindan tanişib çiqiş va aeroportga kelişdan avval deklaratsiyani tayyorlab qöyiş tavsiya etiladi.
Batafsil maʼlumot va deklaratsiya şakli uşbu havolada mavjud.

















