Qöşma Ştatlar Ukrainaga Rossiya tomonidan unga qarşi boşlangan uruşda «qat’iy yordam» beradi va Kiyevni qurol-yaroğ bilan ta’minlaşda davom etadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga 4 noyabr, juma kuni e’lon qilinmagan taşrif bilan Ukraina poytaxtiga kelgan AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan ma’lum qildi. Sallivanning bayonoti Oq uy saytida çop etilgan.
Jo Baydenning maslahatçisi Zelenskiydan taşqari prezident devoni rahbari Andrey Yermak va mudofaa vaziri Aleksey Reznikov bilan uçraşdi. U ularni Qöşma Ştatlar Ukrainaning hududiy yaxlitligi va ukrainaliklarning uni himoya qiliş huquqini qöllab-quvvatlaşiga işontirdi, şuningdek, umumiy qiymati 400 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi.
Paket Çexiyadan 45 ta modernizatsiya qilingan T-72 tanklarini yetkazib berişni öz içiga oladi, buning uçun Qöşma Ştatlar tölaydi - bu taşabbus Niderlandiya bilan birgalikda amalga oşiriladi, ular yana 45 ta tank uçun pul tölaydi.
Yordam şuningdek, Kiyevga 50 ta M1117 zirhli transportyorlari, 40 ta zirhli qayiqlar, 1100 ta Phoenix Ghost uçuvçisiz uçiş apparatlari va Amerikaning MIM-23 HAWK zenit-raketa tizimlarini modernizatsiya qilişdan iborat bölib, ular keyinçalik Ukrainaga berilişi va raketalar hamda kamikadze dronlarini tutib oliş uçun işlatilişi mumkin. Mablağlarning bir qismi Germaniyada Kiyevga harbiy yordam ajratişni muvofiqlaştiruvçi ştab taşkil etişga yönaltiriladi, unda, jumladan, kadrlar tayyorlaş möljallangan - qişda YeI 15 minggaça ukrainalik harbiyni tayyorlaşni rejalaştirmoqda.
Bundan taşqari, Qöşma Ştatlar Ukrainaga gumanitar yordam körsatişda davom etadi va Rossiyani suveren davlatga qarşi uruş boşlagani uçun xalqaro hamjamiyat oldida javobgarlikka tortişga harakat qiladi.
Uruşning boşidanoq Ukraina bir neça bor Ğarb davlatlaridan havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari bilan ta’minlaşni söradi, oktabr oyida bu ayniqsa zarur böldi, çunki Rossiya qöşinlari fuqarolik infratuzilmasiga muntazam ravişda zarbalar berişni boşladi, bu, jumladan Eron kamikadze dronlaridan foydalangan holda amalga oşirilgani aytildi.
Bunday hujumlar haqida birinçi xabarlardan söng, Ukrainaga taxminan 140 million dollarlik IRIS-T SLM havo hujumidan mudofaa tizimi Germaniyadan yetkazib berildi - Kiyev jami törtta şunday tizimni oladi. NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Ukrainani havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlaş alyans mamlakatlari uçun ustuvor vazifa bölişi kerakligini ta’kidladi.













