Tehron uçun bu jahonning yetakçi davlatlari bilan uzoq muddatli yadroviy kelişuv muvaffaqiyatsizlikka uçragan taqdirda zaxira rejadir.
CNN ma’lumotlariga köra, Eron qöşimça yadroviy materiallar oliş va yadroviy yoqilği işlab çiqarişda yordam sörab Rossiyaga murojaat qilgan. Yoqilği Eronga yadro reaktorlarini quvvatlantiriş va mamlakatni yadroviy qurol yaratişga yaqinlaştirişga yordam berişi mumkin. Şu bilan birga, Rossiya Eronga yordam berişga rozi bölgan yoki bölmagani haqida ma’lumot yöq.
CNN telekanali ta’kidlaşiça, Eronning yordam söragani ikki davlat örtasidagi hamkorlik kuçayib borayotgan bir paytda yuz bermoqda. Avvalroq, Eron Ukrainadagi uruşda foydalaniş uçun Rossiyaga dronlar va boşqa jihozlarni yuborgan edi.
«Biz Eron va Rossiya örtasida kuçayib borayotgan aloqalarni foş qiliş va ularni javobgarlikka tortiş ustida hamkorlar bilan birga işlayapmiz. Biz yadro qurolini tarqatmaslik sohasidagi maqsadlarimizga zid keladigan har qanday hamkorlikka qat’iy qarşi çiqamiz», dedi AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi vakili Edriyen Uotson CNN telekanaliga.
Eron rasmiylariga köra, yadro dasturi faqat tinç maqsadlarni közlaydi, yadro qurolini işlab çiqariş jarayoni esa töxtatilgan. AQŞ rasmiylari bir neça bor Eronni yolğonçilikda ayblab, bu davlatning uranni boyitiş böyiça faoliyati 2015 yilgi yadroviy kelişuv parametrlaridan ança oşib ketganini aytmoqda.
Iyun oyida AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken amerikalik kongressmenlarni Eron yadro dasturi jadal rivojlanayotgani haqida ogohlantirgan edi. Unga köra, Eron bir neça oy yoki haftalar içida yadro quroliga ega bölişi mumkin.












