Bunga misol sifatida ekspertlar Putin safarbarlikni töxtatiş haqidagi bayonotlaridan söng imzolagan bir qança farmonlarni keltirmoqda. 

Hujjatlardan biri oğir jinoyatlar uçun sudlanganligi ötalmagan fuqarolarni safarbar etiş imkonini beradi, ikkinçisi harbiy xizmatçilarning maqomini «köngillilar» sifatida kengaytiradi. 

Bunday ruxsatnomalar safarbarlikni davom ettiriş uçun şart-şaroit yaratadi, ammo endi u «ixtiyoriy xizmat» sifatida taqdim etiladi, deydi ekspertlar.

Bundan oldin 400 mingga yaqin rossiyalik safarbarlik tufayli Rossiyani tark etgani xabar berilgandi.

Bu raqam uruş boşlanganidan keyin mamlakatni tark etganlarni öz içiga olmaydi. 

Bundan taşqari, köplab rossiyaliklar qurolli kuçlarga çaqirilmaslik uçun «pana joylarga yaşirinişgan», deydi dpa agentligi manbalari. Bunda, aniq raqamlar keltirilmagan.

Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Ukrainadagi uruşga safarbar qilingan 300 ming kişidan 87 ming nafari yuborilganini bildirgandi.