“Huquqiy axborot” kanaliga köra, bunda bir maktabdan boşqasiga ötkaziş uçun uning sabablarini körsatib maktab direktori nomiga ariza beriladi.

Ariza 1 iş kunida körib çiqiladi va öqişni davom ettiriş uçun tanlangan maktabga taqdim etiş uçun maktabdan ketiş taloni beriladi.

Ota-onalar farzandi öqişni davom ettirişi uçun tanlangan maktab direktoriga ariza beradi. Arizaga maktabdan ketiş taloni ilova qilinadi.

Öqişni davom ettiriş uçun tanlangan maktab direktori ariza va talonni qabul qilgaç, şu kunning özida ota-onalarga öquvçi ta’lim olayotgan maktabga taqdim etiş maktabga keliş talonini beradi.

Öquvçi öqiyotgan maktab direktori maktabga keliş talonini olgaç, şu kunning özida öquvçini maktab öquvçilari safidan çiqariş töğrisida buyruq qabul qiladi. 

Maktab direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni taniştirganligi töğrisida imzo qöydirib, ularga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi töğrisida tilxat oladi: öquvçi maktab öquvçilari safidan çiqarilgani töğrisidagi buyruqdan köçirma; öquvçi baholar (özlaştiriş) tabeli; öquvçi tibbiy kartasi.

Öqişni davom ettiriş uçun tanlangan maktab direktori boşqa maktabdan ötkazilayotgan öquvçi öquv jarayonlaridan çetda qolib ketmasligini ta’minlaş uçun barça zarur çoralarni körişi şart.