Rossiyaning Kostroma şahrida 5 noyabr, şanbaga ötar keçasi Nikitskaya köçasida joylaşgan «Poligon» kafesida yonğin sodir böldi. Viloyat prokuraturasining dastlabki ma’lumotlariga köra, 5 noyabr kuni ertalabgaça uşbu hodisa oqibatida halok bölganlar soni 13 kişini taşkil etgan. Kamida 4 kişi jarohatlangan.
Mahkama ma’lumotlariga köra, yonğin taşrif buyurganlardan biri pirotexnika vositalarini qöllagani tufayli kelib çiqqan bölişi mumkin edi. Natijada yonğin maydoni 3,5 ming kvadrat metrni taşkil etdi.
Kafedan 250 kişi evakuatsiya qilingan. Kelib çiqqan tutun tufayli yaqin atrofdagi turar joy binosidan yana 15 kişi evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kostroma viloyati böyiça boş boşqarmasi Telegram’da.
Qayd etilişiça, kafe binosining tomi qulab tuşgan. Yonğin ertalab soat 4:30 lar atrofida nazoratga olingan. Yonğinni öçirişga 50 kişi va 20 dona texnika jalb qilingan.
Xabar e’lon qilingan vaqtda qutqaruvçilar hamon voqea joyida işlaşyapti. Prokuratura tergovni boşladi.












