Sönggi oylarda AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan RF prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov hamda RF Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev bilan maxfiy muzokaralar olib borgan. Bu haqda The Wall Street Journal naşri AQŞ va uning ittifoqçilaridagi rasmiy manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Gazeta suhbatdoşlarining fikriça, bu kontaktlardan maqsad Ukrainadagi uruşni töxtatiş emas, balki eskalatsiyaning oldini oliş va aloqa kanallarini saqlab qoliş bölgan. Naşrning qöşimça qilişiça, bu suhbatlar Moskvani yadro quroli yoki boşqa ommaviy qirğin qurollarini qöllaşdan tiyiş uçun ham ötkazilgan
The Wall Street Journal manbalari Sallivan Uşakov va Patruşev bilan qaçon va qançalik tez-tez aloqada bölib turganiga aniqlik kiritişmagan.
Bundan taşqari, naşr ma’lumotiga köra, Sallivan Ukraina rahbariyatini mojaro hal etilişiga tayyorligini oşkora e’lon qilişga çaqirgan.
Naşrga köra, bir qança amerikalik mulozimlar AQŞ prezidenti ma’muriyatida Sallivanni Rossiya bilan aloqalarni qöllab-quvvatlaş tarafdori sifatida bilişadi, holbuki boşqa yuqori martabali siyosatçilar hozirgi diplomatik va harbiy şaroitlarda Moskva bilan muzokaralar samarali bölmaydi deb hisoblaşadi.
Avvalroq The Washington Post naşri ham Amerika prezidenti ma’muriyati Ukraina hukumatidan Rossiya bilan muzokaralarga tayyorligini namoyiş etişni söragani haqida xabar bergandi.
Xabarda AQŞ Ukrainadan RFning Vladimir Putindan keyingi prezidenti bilangina gaplaşişi mumkinligi haqidagi rasmiy pozitsiyasidan voz keçişni söragan.
Sallivanning matbuot kotibi gazeta ma’lumotini izohlamagan. Oq uy ham prezident maslahatçisi sönggi vaqtlarda rossiyalik rasmiy şaxslar bilan muzokaralar ötkazgani haqida xabar bermagan. Kremldagilar bu boradagi sörovga javob bermagan.
- Norasmiy muzokaralar Moskva va Vaşington örtasidagi diplomatik munosabatlar sovuqlaşişi, şuningdek RF prezidenti Vladimir Putinning yadro quroli qölaş böyiça doimiy tahdidlari fonida bölib ötmoqda.













