Unda tadbirkorlar uçun bir qança imtiyoz va yengilliklar nazarda tutilgan.
Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga soliş vositalari tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan işlab çiqariladigan va realizatsiya qilinadigan tovarlar, bajariladigan işlar, körsatiladigan xizmatlarning inson hayoti va soğliği uçun xavfsizligini, uning qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlaş, atrof-muhitni muhofaza qiliş, şuningdek, davlat xavfsizligini ta’minlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida faqat normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar asosida joriy etiladi. Bunday hujjat hisoblanmagan hujjatlarda belgilangan tartibga soliş vositalari huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
Şuningdek, 2023 yil 1 yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:
- tadbirkorlik sub’yektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytiriş töğrisida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravişda xabardor qiliş va ommaviy axborot vositalarida bu haqida e’lon beriş;
- yangi import avtomobillarini sotiş faqat yuridik şaxslar – işlab çiqaruvçi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oşirilişi;
- elektr energiyasini elektr ta’minoti şartnomasida belgilangan hajmlardan (oylik şartnomaviy miqdordan) ortiqça iste’mol qilgan yuridik şaxslarga elektr energiyasi yetkazib berişni töxtatib qöyiş;
- yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga oliş orqali davlat soliq xizmati organlarida alohida hisobga qöyiş.
Bundan taşqari, 2023 yil 1 martdan soliq tölovçilarga soliq organlarining sayyor soliq tekşiruvlari va soliq auditi natijalari böyiça qabul qilgan qarorlari ustidan töğridan-töğri sudga şikoyat qiliş huquqi beriladi.









