UzAuto Motors 2021 yilda bir qança iste’molçilar bilan yangilangan Chevrolet Saptiva avtomobilini yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzgandi. Lekin ma’lum muddat ötganidan keyin bu jarayon töxtatildi. Sabab sifatida esa Captiva-5’ning Özbekiston iqlimiga töğri kelmasligi iddao qilindi.
UzAuto Motors'ning «çeksiz uzri»ni qabul qilişni istamay, qonuniy haq-huquqlarini talab qilgan Öktam Qahhorov esa sudga murojaat qiladi.
Joriy yil 8 noyabr kuni bir yildan beri maşinasini ololmayotgan iste’molçi va UzAuto Motors örtasida navbatdagi sud majlisi bölib ötdi.
Unda xaridor UzAuto Motors'ga 3 xil taklif jönatganini, ammo uşbu masala 3-4 marta muhokama qilinsa-da, kelişuvga erişilmaganini ta’kidladi.

UzAuto Motors tomoni esa barça iste’molçilarga şartnoma beriş töxtatilganidan keyin pullari qaytarilib, kompensatsiya ham tölanganini, şu sababli iste’molçidan da’vo arizasini rad qilişni söradi.
Sudning yangidan çiqargan hal qiluv qaroriga köra, da’vogarning da’vo talablari qisman qanoatlantirilib, unga Captiva-5 xarid qiliş uçun amalga oşirgan tölov summasi – 240 mln söm, şuningdek, 5 foizlik kompensatsiya körinişida 12 mln söm, avtomobil xarid qiliş maqsadida olingan kredit foizlari uçun 31 mln 927 ming söm, suğurta xarajatlari uçun 7 mln 721 ming söm hamda inflatsiya uçun 36 mln söm undirilişi belgilandi.
Captiva-5 yetkazib beriş bilan boğliq şartnoma bekor qilindi.
“Qonun tanlab munosabat bildirişi kerak emas”
Kamoliddin Bahavadinov, advokat, avtobloger:

“Fuqarolik işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumanlararo sudida Captiva-5 mojarosi böyiça apellyatsiya instansiyasi yakuniy sud majlisini ötkazdi va qaror qabul qilindi. Jamoatçilik nazorati sifatida iştirok etdim va aytişim mumkinki, menda bu protsessda hayrat va taajjublaniş köproq böldi. Sud keltirilgan köplab dalillar va vajlarni örgangan bölsa-da, mijoz va avtosalon örtasida imzolangan şartnomani bekor qilişga qaror qildi. Qolaversa, UzAuto Motors hisobidan iste’molçiga ma’lum miqdordagi haqni undirib beriş bilan kifoyalandi. Aslida da’vo predmeti şartnoma şartlarini asl holida bajarişni nazarda tutardi. Bu, şubhasiz, iste’molçining keskin e’tirozlariga sabab böldi. Kiçik bir protsessual xatolikni ham kuzatdim. Odatda sud qilgan qarori yuzasidan “qaror qiladi” qismi böyiça tuşuntiriş berişi kerak edi, ammo nima uçundir qarorni öqib bölişi bilanoq videokonferensiya uzildi. Iste’molçi va sudda iştirok etayotgan boşqa iştirokçilarning savollari qolib ketdi. Nazarimda bunday qiliş kerak emas edi, çunki har bitta qaror yuzasidan sudlov hay’ati qisqaça tuşuntiriş berişi kerak.
















