“Mamlakatlarimizning özaro tovar aylanmasi umumiy taşqi savdomizning atigi 4 foizini taşkil etadi. Uning qolgani esa uçinçi davlatlar uluşiga töğri kelmoqda. Albatta, bunday holat heç birimizni qoniqtirmaydi. Biz qöşma investitsiya fondini işga tuşiriş taklifini ham töliq qöllab-quvvatlaymiz.
Bundan taşqari, davlatlarimiz orasida ayrim import bojxona tariflari yuqori bölib qolmoqda. Bu strategik yönalişda vaziyatni tubdan özgartiriş, savdo, investitsiya va xizmatlarning erkin harakatini ta’minlaş uçun, Taşkilotimiz doirasida “Yangi iqtisodiy imkoniyatlar hududi”ni barpo etiş taşabbusini ilgari suramiz.
Biz Transkaspiy xalqaro koridori haqida köp gapiryapmiz, ammo sezilarli natijalarga erişiş uçun ança işlar qilişimiz kerak. Misol uçun: Özbekiston uşbu transport yölagi orqali 10 foiz taşqi savdo yuklarini taşimoqda. Turkiya va Özbekiston örtasida yaqinda joriy etilgan avtotransport elektron ruxsatnomalari almaşiş tizimiga Taşkilotimiz davlatlarini ham qöşilişga çaqiramiz. Bu yil Toşkentda ötkazilgan Birinçi Turkiy agroforum oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş sohasida nihoyatda katta salohiyatimiz borligini yaqqol körsatdi.
Taşkilotimizning nafaqat öz mamlakatlarimizni, balki taşqi bozorlarni ham qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaş imkoniyati bor. Şu bilan birga, bu yönalişda amaliy qadamlarimizni yanada kuçaytirişimiz va aniq loyihalar asosida hamkorligimizni çuqurlaştirişimiz lozim.
Xususan, quyidagilarni taklif etaman.
Birinçidan, global va içki bozorlarimiz ehtiyojlari, davlatlarimizning işlab çiqariş imkoniyatlaridan kelib çiqib, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beriş samarali tizimini yaratiş böyiça Taşkilotimiz doirasida köp tomonlama bitim qabul qiliş vaqti keldi.
Ikkinçidan, sohaga innovatsiyalar, zamonaviy bilim va ilğor texnologiyalarni jadal olib kiriş maqsadida Turkiy davlatlar taşkiloti va Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti örtasida keng qamrovli şeriklikni örnatiş muhim.
Uçinçidan, ijobiy tajriba asosida, Turkiy agroforumni muntazam ötkazib boriş va uning ikkinçi anjumanida “Smart” qişloq xöjaligi xalqaro körgazmasini taşkil etiş”, — deya prezident sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.













