Oliy Majlis Inson huquqlari böyiça vakili – Ombudsman axborot xizmatining ma’lum qilişiça, 2022 yilning 9 oyida Ombudsman va uning huzuridagi jamoatçilik guruhlari tomonidan harakatlaniş erkinligi çeklangan şaxslar saqlanadigan joylarga 297 ta monitoring taşriflari amalga oşirilib, unda 4500 dan ortiq şaxs bilan jamoaviy va 2605 nafar şaxs bilan yakka tartibda suhbat ötkazilgan.

Uşbu muddatda Ombudsmanga harakatlaniş erkinligi çeklangan şaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan şaxslar, ularning yaqin qarindoşlari va advokatlaridan 2 476 ta murojaat kelib tuşdi. Uşbu körsatkiç 2021 yilning mazkur davriga nisbatan 418 taga yoki 16,8 foizga oşgan.

Murojaatlarning 582 tasida sud hukmidan hamda 443 tasida suriştiruv va dastlabki tergov harakatlaridan şikoyat qilingan. Murojaatlarning 351 tasida tayinlangan jazoning yengillaştirilişi, muddatidan oldin ozod etilişi va/yoki afv etilişi, 143 tasida ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boşqaça tarzda bosim ötkazilganligi, 124 tasida Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakil (Ombudsman) bilan uçraşuv, 73 tasida boşqa muassasaga ötkazilişi, 64 tasida sud majlisida Ombudsman mas’ul xodimining iştiroki, 63 tasida oila a’zolariga kömak berilişi va 32 tasida tibbiy yordam körsatilişi hamda 34 tasida boşqa masalalar bayon qilingan.

Şikoyatlar yuzasidan Ombudsman murojaatiga asosan 4 ta murojaat böyiça tegişli sudlar tomonidan 14 nafar mahkumga nisbatan tayinlangan jazolar yengilroğiga almaştirilgan va 5 nafar mahbusning ehtiyot çoralari yengilroğiga özgartirilgan, hokimliklar tomonidan 11 nafar mahkumning oila a’zolariga turli xildagi iqtisodiy va ijtimoiy kömak körsatilgan. Jazoni ijro etiş departamenti tomonidan 4 nafar mahkum Ombudsmanning murojaatiga asosan yaşaş joyiga yaqin bölgan hududlardagi jazoni ijro etiş muassasalariga köçirilgan.

Bundan taşqari, 2022 yilning 9 oyida Ombudsman nomiga ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boşqaça tarzda bosim ötkazilganligi masalasida 143 ta şikoyat kelib tuşgan.

«Şikoyatlarning 72 tasi (50,4 foizi) yuzasidan huquq-tartibot idoralari xodimlarining harakatlariga nisbatan ötkazilgan xizmat tekşiruvlari va prokuratura idoralari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekşiruv yakunlariga köra, murojaatlarda körsatilgan vajlar tasdiqlanmadi. 46 ta şikoyat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davom etmoqda», -deyiladi Ombudsman bayonotida.

Şuningdek, 14 ta şikoyat yuzasidan jinoyat işi qözğatişni rad qiliş haqida qarorlar Ombudsmanning xatiga asosan bekor qilinib, qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlarini ötkaziş belgilandi.