Oşxonada ovqatlanib ötirar ekanman, yonimga yoşi qirqlardan oşgan bir yigit kelib ötirdi. Biroz ötib u bilan tanişdik, viloyatning çekka tumanida yaşarkan. Bozorda savdo dökoni bölib, şaharga mahsulot olib ketiş uçun kelgan ekan.

Suhbat asnosida soliqdan gap oçildi. Şunda suhbatdoşim ança yillar avval soliqçi bölib işlaganini, tamagirlik ortidan qölga tuşib, qamalib çiqqanini aytib qoldi.

«Qamoqdan ozod bölsam halol yaşayman, zinhor birovning haqqiga xiyonat qilmayman, deb özimga söz bergandim. Halol mehnat ortidan ozroq pul jamğarib, kiçik savdo dökoniga ega böldim. Hozir oilamdagilar bilan öşani yurğizyapmiz. Xudoga şukur, birovdan kam joyimiz yöq, qora qozon qaynab turibdi», dedi.

Menga uning boşidan ötgan hodisalar qiziq tuyuldi va malol kelmasa hikoya qilib berişini söradim. U gap boşladi.

«Bir paytlar mening hayotimga barça havas qilardi. Obröli iş – axir barça ham soliq xodimi böla olmaydi, salmoqli maoş, inoq kollektiv, baxtli oila, qisqasi yaxşi hayotda yaşardim.

Ana şunday şaroitda nafsim meni yöldan urdi va tamagirlik bilan pul topişga ötdim. «Qinğir işning qiyiği albatta çiqadi» deyilganidek, bir kun şişib turgan şar paq etib yorildi va noqonuniy işlarim foş böldi. Şundan söng men barçasidan ayrildim.

Maktabni bitirgaç tanişlar yordamida institutlardan birining iqtisodiyot fakultetida öqidim. Söng tuğilib ösgan tumanimga qaytib, soliq inspeksiyasiga işga kirdim.

Bir neça yil oddiy xodim sifatida iş örgandim. Keyinroq meni katta bir qişloqqa soliq nazoratçisi etib tayinlaşdi. Qişloqda beşta mahalla bölib, men u yerda yordamçim bilan yer va mulk soliğini yiğardim.

Qişloq joylarida soliq nazoratçisi sifatida işlab, yer va mulk soliğini yiğişning «manfaatli» tomonlari köp edi. Masalan, qişloqlarda sönggi 20-25 yilda qurilgan yangi imoratlarning aksariyatida heç qanday hujjat yöq.

Men va yordamçim ana şundan foydalanib, uy-joyining hujjati bölmaganlarga «Şartli soliq tölaysiz» deb, ulardan pul undirardik. Odamlarga esa kvitansiyaning nusxasini töldirib berib ketaverardik. Ba’zida kvitansiya ham bermasdik. Bunday pullar davlatga topşirilmas, yordamçim va men haqqimni olib qolib, qolgani tuman soliq bölimi rahbariga yetkazilardi.

Ayrim hollarda kimdir uy-joyini hujjatlaştirganda bizga tölagan pullari kompyuterdan çiqmas, ammo yer-mulkini qonuniy qilib olganiga xursand bölgan odamlar bunga e’tibor bermasdi.