Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli farmon va qarorlariga muvofiq, mamlakatimizda bank tizimining xalqaro reytingini yaxşilaş borasida çora-tadbirlar amalga oşirib kelinmoqda. Xususan, moliya-bank tizimi barqarorligi oşirilib, yuqori xalqaro reyting körsatkiçlariga erişilmoqda. 

«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki ham xalqaro reytinglardagi örnini yanada yaxşilab bormoqda.

Jumladan, «Standart&Poorʼs Global Ratings» xalqaro reyting agentligi «Trastbank» XAB reytingini bank tarixida ilk bor «Barqaror» prognozi bilan «B+» darajasida tasdiqladi.

«Standart&Poorʼs Global Ratings» xalqaro reyting agentligi ma’lumotlariga köra, «Trastbank» uzoq vaqt davomida bank tizimi böyiça örtaça körsatkiçdan yuqori bölgan kuçli moliyaviy natijalarni körsatmoqda. Bu esa uning biznesi barqarorligi va ösiş istiqbollariga ijobiy ta’sir körsatmoqda hamda bank reytingini yanada yuksaltirişga xizmat qilmoqda.

«B+» reytingi moliya muassasasining bank xizmatlari bozorida mustahkam örin egallagani, barqaror mijozlar bazasi va uning yuqori darajadagi sodiqligini aks ettiradi.

Bankda moliyalaştirilişning arzonligi, sof foiz marjasining yuqori darajadagi me’yori, raqobatdoş ustunligi ta’minlanganligi, kapitallaşuvining yaxşilanganligi, qolaversa, yuqori darajadagi likvidlik körsatkiçlari, ijobiy rentabellik va bankning kreditga layoqatliligi uşbu reytingni tuzişda asos qilib olingan.

«Standart&Poorʼs Global Ratings» xalqaro reyting agentligi prognozlariga köra, «Trastbank» XABning yuqori darajadagi kapitali, foyda keltiruvçi kuçli salohiyati kredit xususiyatlarini ta’minlaydi. Bu esa öz navbatida kuçli likvidlikka erişişga va ustunlikka ega bölişga muhim ahamiyat kasb etadi.

Reklama huquqi asosida