Time jurnali 2022 yilning eng yaxşi ixtirolari va gadjetlarining an’anaviy röyxatini tuzdi. Bu yil unga an’anaviy 100 ta emas, balki 200 ta ixtiro kiritildi.

Tanlov öziga xoslik, ijodkorlik, samaradorlik, ambitsiya va «biz yaşayotgan dunyoga ta’siri» kabi bir qança mezonlarga asoslandi. Töliq röyxat bilan naşrning saytida tanişiş mumkin.

Nothing Phone (1) - eng innovatsion smartfon deb topildi. U 900 ta yoruğlik diodiga ega şaffof orqa qopqoq va simmetrik ramkalarga ega displey bilan raqobatçilaridan ajralib turadi.

Noutbuklar orasida ASUS Zenbook 17 Foldso ajratib körsatildi. U bukiladigan displeyga ega va unda klaviatura bloki yöq. Yoyilgan şaklda uning displeyi 17,3 dyuym ölçamga ega böladi. Buklanganda esa 12,5 dyuymli ikkita displey paydo böladi.

Sony kompaniyasining LinkBuds quloqçinlari 2022 yildagi eng yaxşi TWS-quloqçin deb topildi. U boşqalardan maxsus dizayni bilan ajralib turadi: gadjet «teşikkulça» şaklida yasalgan bölib, musiqa bilan birga atrofdagi tovuşlarni ham eşitiş imkonini beradi.

Şuningdek, tasvir generatorlariga turtki bergan DALL-E neyrotarmoği va koinotni örganişda yangi davrni oçgan Jyeyms Uebb kosmik teleskopi ham röyxatga kiritildi.