Sun’iy intellekt asosçilari Amerikaning Time jurnali tomonidan 2025 yil odami unvoniga sazovor böldi.

«2025 yil sun’iy intellektning butun salohiyati töliq namoyon bölgan va ortga yöl yöqligi ayon bölgan yil böldi. Öylovçi maşinalar davri haqiqatga aylangani uçun; insoniyatni hayratga va taşvişga solgani uçun; hozirgi zamonni özgartirgani va insonning 2025 yildagi imkoniyatlari çegaralarini kengaytirgani uçun sun’iy intellekt me’morlari Time yil odami böldi», deyiladi jurnalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Jurnal muqovasiga Meta rahbari Mark Tsukerberg, AMD boş direktori Liza Su, xAI, SpaceX va Tesla rahbari Ilon Mask, Nvidia rahbari Jyensen Xuan, OpenAI rahbari Sem Altman, DeepMind boş direktori Demis Xassabis, Anthropic rahbari Dario Amodey va ImageNet asosçisi Fey-Fey Li joylaştirildi. Ularning barçasi pölat tösin ustida ötiribdi, tasvirning özi esa 1932 yilda olingan «Osmonöpar binodagi tuşlik» suratiga işora qiladi.

Time jurnali 1927 yildan beri yil odamini aniqlab kelmoqda. U sönggi 12 oy içida dunyoga eng katta ta’sir körsatgan şaxs, guruh yoki tuşunça bölişi mumkin, bunda uning foyda yoki zarar keltirgani ahamiyatsiz.

2024 yilda bu unvonni AQŞ prezidenti Donald Tramp olgan edi.