Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoyning yetakçi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.
"Biz turli sohalarni qamrab olgan yetakçi Xitoy kompaniyalari — Chison Medical Technologies, China Resources Pharmaceutical Group, Norinco, Hangzhou Miuge Chemical Commodities Science and Technologies, Xiamen Tungsten, Shandong Gold, Contemporary Amperex Technology, Great Wall Motor, Origin Quantum, China Aerospace Science and Technolog bilan bir qator mazmunli va samarali uçraşuvlar ötkazdik", – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining telegram-kanalida.
Kun tartibida barça yönalişlarda özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş, ilğor işlab çiqariş quvvatlari va yuqori texnologiyalarni Özbekistonga jalb etiş, mahalliy mutaxassislar salohiyatini oşiriş hamda mamlakatni mintaqaviy va global ta’minot zanjirlariga samarali integratsiya qiliş masalalari muhokama qilindi.
"Biz Xitoy kompaniyalarining Markaziy Osiyoning jadal sur’atlarda rivojlanayotgan bozoriga kiriş borasidagi samimiy qiziqişlarini qadrlaymiz", deydi Baxtiyor Saidov.

















