Donald Tramp isroillik garovga olinganlar ozod qilinib, Ğazo sektorida tinçlik sulhi tuzilgandan keyin TIME jurnali muqovasiga joylaştirilgan suratini tanqid qildi.

AQŞ prezidentiga bağişlangan maqola «Tramp ma’muriyati Ğazoda öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvni qanday tuzdi» deb nomlanadi.

«Ğazoda garovga olingan tirik isroilliklar Donald Trampning tinçlik rejasining birinçi bosqiçi doirasida falastinlik mahbuslarni qöyib yuboriş bilan bir vaqtda ozod qilindi. Bu kelişuv Trampning ikkinçi muddatidagi asosiy yutuği bölişi va Yaqin Şarq uçun strategik buriliş yasaşi mumkin», deb yozdi TIME.

Tramp özi haqidagi maqolani «nisbatan yaxşi» deb atadi, ammo fotosurat, uning sözlariga köra, «ehtimol, eng yomoni» bölgan.

«Ular soçlarimni «olib taşladi» va boşimning tepasiga uçib yurgan tojga öxşaş, lekin juda kiçkina narsani qöydi. Juda ğalati! Men heç qaçon pastdan yuqoriga qarab suratga olişni yoqtirmaganman, lekin bu ayniqsa muvaffaqiyatsiz va tanqidga loyiq. Ular nima qilyapti va nima uçun?», deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

TIME jurnalining muqovasi jahon ommaviy axborot vositalarining eng nufuzli va taniqli ramzlaridan biridir. Unga tuşiş xalqaro miqyosda e’tirof etiliş, jamoatçilikning diqqat markazida böliş va ma’lum bir davr tarixiga kiriş demakdir. TIME muqovasi şunçaki suratga oliş joyi emas, balki şaxsning ta’siri, muvaffaqiyati va ahamiyati belgisidir.

TIME kamdan-kam hollarda muqovani tasodifan tanlaydi: tahririyat joriy vaqtning ruhi va voqealarini kim aniq belgilaşini sinçkovlik bilan tahlil qiladi.