Senatning yalpi majlisida senatorlar “Aholini şovqinning zararli ta’siridan himoya qiliş töğrisida”gi qonunni ma’qulladi.

Qayd etilişiça, sanoat korxonalari soni oşişi, keng kölamli qurilişlar, şaharlarning kengayib borişi, transport vositalarining köpayişi kabi omillar tufayli aholining maişiy hayotida şovqinning salbiy ta’siri ortib bormoqda.

Amalda esa aholi salomatligi va osoyiştaligiga, normal dam olişiga salbiy ta’sir körsatuvçi zararli şovqinlarga qarşi kuraşiş masalalarini kompleks tartibga soluvçi yagona huquqiy hujjat mavjud emas.

Şovqinning zararli ta’siri me’yorlarini nazarda tutuvçi 7 ta sanitariya norma va qoida amal qilsa-da, qonunçilikda bu borada qat’iy talablar belgilanmagan. Natijada uşbu sanitariya norma va qoidalariga sözsiz rioya etilişi ta’minlanmayapti.

Bundan taşqari, qonunçilikda inson salomatligi uçun zarar keltiruvçi va ruxsat etilgan darajadan yuqori bölgan şovqinlarni keltirib çiqarayotgan obektlarni javobgarlikka tortiş masalalari töliq va aniq belgilanmagan.

Uşbu qonun bilan aholini şovqinning zararli ta’siridan himoya qilişning umumiy qoidalari, davlat organlarining uşbu sohadagi vakolatlari, aholini şovqinning zararli ta’siridan himoya qiliş böyiça çora-tadbirlar aniq belgilanmoqda.

Şuningdek, fuqarolarning osoyiştaligi va normal dam olişini buzadigan şovqinlar, fuqarolarning osoyiştaligi va normal dam olişini buzişga yöl qöyilmaydigan vaqtlar oraliği, şovqinning zararli ta’siri uçun kompensatsiya tölovlariga oid normalar nazarda tutilmoqda.

Bundan taşqari, jismoniy va yuridik şaxslarning aholini şovqinning zararli ta’siridan himoya qiliş borasidagi huquqlari va majburiyatlari belgilanmoqda.