Unda Savr (Taurus) yulduz turkumidagi L1527 protoyulduzi tasvirlangan.  

Uning atrofidagi gaz va çang bulutlari faqat infraqizil nurda körinadigan yorqin qum soatini hosil qiladi. Teleskop Near-Infrared Camera (NIRCam) orqali ularni suratga olişga muvaffaq bölgan. 

Kök va töq sariq rangli bulutlar yulduz tomonidan moddalar samoga otilganida paydo böladigan böşliqlarni belgilaydi. Öz navbatida ular atrofdagi moddalar bilan töqnaşadi. Bunday bulutlarning rangi teleskop bilan ular orasidagi çang qatlamlarini aks ettiradi. 

L1527 yulduzi 0 sinfiga mansub protoyulduz bölib, uning yoşi taxminan 100 ming yilga teng. Astronomik standartlar böyiça uni juda yoş yulduz deyiş mumkin. Şu sababli u hamon çang va gaz bulutlari bilan qoplangan. 

Avvalroq «Jyeyms Uebb» teleskopi Neptun tasvirlari, Yupiterdagi qutb yoğdulari, «Tarantul» yulduz turkumidagi yulduzlar töplamini va hatto uzoq samodagi «barmoq izi»ni ham namoyiş etgan edi.