21 noyabr kuni Indoneziyaning Yava orolida sodir bölgan zilzila oqibatida kamida 56 kişi halok böldi, 700 ga yaqini jarohat oldi.

Daily Mail xabariga köra, fojia Ğarbiy Yava provinsiyasidagi Çianjur tumanida sodir bölgan. Tabiiy ofat oqibatida köplab turar joy binolari, şuningdek, maktab, şifoxona va bir qança ma’muriy binolarga zarar yetkazilgan.

5,6 magnitudali zilzila episentri poytaxt Jakartadan 74 km janubi-şarqda joylaşgan. Yevropa-Örtayer dengizi seysmologik markazi ma’lumotlariga köra, zilzila öçoği 5 km çuqurlikda bölgan.

Indoneziya meteorologiya, iqlim va geofizika agentligi xabariga köra, «zilzila oqibatida sunami kelib çiqiş xavfi yöq».