Ma’muriy nazorat va profilaktik hisob institutlari negizida profilaktik nazorat institutini joriy qiliş közda tutilmoqda.
Bunda:
ma’muriy nazorat va profilaktik hisob institutlarini bekor qiliş;
profilaktik nazorat institutini joriy qiliş;
profilaktik nazoratdagi şaxslarga örnatiladigan majburiyatlar va çeklovlar, ularni qisman va töliq qöllaş asoslarini belgilaş nazarda tutiladi.
Sodir etilgan jinoyatlar asl omillarini aniqlaş va bartaraf etişda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oşiruvçi organlar va muassasalar vakolat doirasini aniq belgilaş rejalaştirilgan.
Bunda:
sodir etilgan jinoyatlar omillarini aniqlaşda suriştiruvçi, tergovçi, prokuror, sud, mas’ul ilmiy taşkilotlar mutaxassislari vazifalari va majburiyatlari aniq belgilanadi;
jinoyatlar omillarini bartaraf etişda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oşiruvçi organlar va muassasalar majburiyatlari töliq belgilanib, şaxsiy javobgarlik doirasi aniqlaştiriladi.










