Tadbirda vazirlik, idoralar rahbarlari, Xitoyning Özbekiston Respublikasidagi elçixonasi vakillari, şuningdek, xorijiy loyiha kompaniyalari, jumladan, Rossiya, Eron, Turkiya, Xitoy xorijiy davlatlarining loyiha boşqaruv taşkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.

Tadbirni Toşkent viloyati hokimi Mirzayev Zoyir Toiroviç oçib berib, viloyatda qurilişi amalga oşirilayotgan mazkur yirik gidroenergetik inşoot xususida töxtalib, Çotqol daryosidagi yirik loyihaning viloyat energetika tizimida muhim ahamiyat kasb etişi, viloyat aholisini ekologik toza va arzon elektr energiyasi bilan ta’minlaşga xizmat qilişi borasida öz fikr-mulohazalarini bildirib ötdi.

Şundan söng “Özbekgidroenergo” AJ Boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov sözga çiqib, gidroenergetika sohasida amalga oşirilayotgan loyihalar xususida töxtalib, xususan, “Quyi Çotqol” GESning texnik xususiyatlari va ahamiyati xususida ma’lumot berdi.

Ma’lumot örnida, “Quyi Çotqol” GES qurilişi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi “Çotqol daryosida Quyi Çotqol GES qurilişi” investitsiya loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan “Özbekgidroenergo” AJ tomonidan jadal sur’atlarda davom ettirilmoqda.

Ta’kidlaş joizki, barpo etilayotgan uşbu GES loyihasida har birining quvvati 22,5 MVt bölgan 4 ta gidroagregatni örnatiş möljallangan. Gidrotexnik inşootning örnatilgan quvvati 90 MVt bölib, yillik örtaça elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi 300 mln kVt soatga teng.