Rossiya Içki işlar vazirligi advokat Ilya Novikovni qidiruvga berdi. 30 noyabr kuni vazirlikning qidiruv bazasida uning ma’lumotlari aks etgan karta paydo bölgan. Içki işlar vazirligi materiallaridan ma’lum bölişiça, Novikov Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining moddasi böyiça qidiruvga berilgan, ammo aniq qaysi modda ekani haqida hozirça ma’lumot yöq.

Ilya Novikov sudda asirga olingan ukrainalik uçuvçi Nadejda Savçenko va çeçen huquq himoyaçisi Ayub Titiyevni himoya qilgan. Kasbiy faoliyatidan taşqari Novikov «Nima? Qayerda? Qaçon?» teleklubining sobiq öyinçisi, Olmos boyöğli va ikkita Billur boyquş sohibi sifatida ham tanilgan.

Hozir advokat Kiyevda yaşaydi. Ilya Novikov özining qidiruvga berilgani haqidagi ma’lumotga Facebook'dagi qisqa posti bilan munosabat bildirdi.

25 noyabr kuni Rossiya Adliya vazirligi Ilya Novikovni jismoniy şaxs - «xorijiy agent» deb e’lon qilgani ma’lum böldi. Şu bilan birga, xuddi şunday maqom Yekaterinburgning sobiq meri Yevgeniy Royzman, «Dojd» telekanalining ijodiy prodyuseri Anna Mongayt va bir qança rossiyalik muxolifat faollariga ham berildi. Ularning barçasi, Rossiya Adliya vazirligiga köra, Ukrainadan moliyalaştiriladigan «siyosiy faoliyat bilan şuğullanadi».

Sentabr oyida Novikov DW naşriga intervyu berdi, unda u Rossiyada e’lon qilingan safarbarlikni «Kalmar öyini» bilan taqqosladi. «Rossiya hukumati öz qonunlariga qançalik boğliqligini börttirib körsatişning hojati yöq, - dedi u. - Gap şundaki, u nafaqat ularni istalgan vaqtda özgartirişi mumkin, balki ularni buzişdan ham tortinmaydi».