Muloqotda Özbekiston va Ispaniya Taşqi işlar vazirliklari rahbarlari özbek-ispan hamkorligi bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildi. Özbekiston Ispaniyani Yevropadagi işonçli va istiqbolli hamkor deb biladi va rasmiy Madridning yaqin kelajakda Toşkentda elçixona oçiş rejalarini olqişlaydi.

Tomonlar joriy yil mart oyida bölib ötgan Özbekiston-Ispaniya siyosiy maslahatlaşuvlari yettinçi raundi natijalarini qayd etib, uşbu şakldagi muloqotni davom ettirişga tayyor ekanini bildirdi.

Taşqi iqtisodiy aloqalar körsatkiçlarini oşiriş, ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasida töğridan töğri aloqalarni faollaştiriş, qöşma istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş, mamlakat bozori imkoniyatlarini örganiş maqsadida Ispaniya yetakçi kompaniyalari Özbekistonga taşrifini taşkil etiş yuzasidan aniq takliflar körib çiqildi.