Yildan yilga fuqarolarning çet elga çiqiş körsatkiçi oşib bormoqda. Kimdir iş, kimdir dam oliş, yana kimdir ziyorat maqsadlarni közlab, xorijiy davlatlarga yöl oladi.

Ayniqsa, Umra amallarini bajarişda xususiy turfirmalar ham öz xizmatlarini körsatayotgani fuqarolar uçun yanada kengroq imkoniyatlar eşigini oçgani rost. Bularning barçasi yaxşi albatta. Ammo masalaning ikkinçi, biroz xavotirli tomoni ham bor.

Sönggi yillarda meningitga tez tarqaluvçi kasallik sifatida qaralib, bunga qarşi tizimli emlaş işlari taşkil qilib kelingan. Jumladan Haj va Umra ziyoratlarini ado etişga otlangan har bir özbekistonlik bu vaksinani qabul qilgan. Ammo oxirgi vaqtlarda bu vaksinani qabul qiliş masalasi e’tibordan deyarli qolib ketdi.

Xavotir

Meningit — öta yuqumli kasallik bölib, boş va orqa miya pardalarining ötkir yalliğlanişi bilan keçadi. Mazkur kasallik dunyoning aksariyat mamlakatlarida soğliqni saqlaş tizimining jiddiy muammosi bölib, kasallikka çalingan bemorlarning ölim holatlari va nogironlik darajasining yuqori bölişi bilan xavfli. Asosan Afrika mamlakatlarida köp uçraydi, undan yiliga 250 000 bemor vafot etadi.

Safarga otlangan fuqarolar vaksina oliş haqida öylab ham körişmaydi. Natijada turli kasalliklarga çaliniş ehtimoli ortadi. Bu orqali nafaqat özi, balki atrofdagilarning ham salomatligi xavf ostida qoladi. Xorijda bölib qaytgan har bir odam özi bilmagan holda qaysidir kasallikning taşuvçisiga aylanib qolişi mumkin. Kun.uz xavfli meningit kasalligi va undan saqlanişda vaksina olişning ahamiyati haqida mutaxassislar fikri bilan qiziqdi. 

Meningit kasalligi nimasi bilan xavfli? Nega biz bu kasallikdan himoyalanişimiz kerak? Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati epidemiologiya bölimi boşliği, Tibbiyot fanlari nomzodi Lyudmila Kudaşeva mazkur savollarga javob berdi.

“Meningokokk infeksiyasi dunyoning barça hududlarida qayd etilgan yuqumli kasalliklardan biri. Kuniga 30 000 ga yaqin bemor röyxatga olinadigan davlatlar ham bor. Bu, birinçi navbatda, Niger, Nigeriya, Janubiy Sudan, bular Afrikaning janubida joylaşgan, “meningokokk kamari” deb ataladigan mamlakatlardir. U yerda haqiqatan ham jiddiy epidemik vaziyat bor va bu jiddiy global tahdidni anglatadi.