Çeslav Mixneviç jamoasi kuçli guruhdan pley-offga çiqdi, bu guruhda sönggi soniyalarga qadar heç narsa aniq emasdi. Vaziyat şungaça yetib bordiki, argentinaliklarga qarşi öyinning sönggi 20 daqiqaligida polyaklar oçiqçasiga yakkakuraşlardan qoçişdi va 0:2 hisobidagi mağlubiyatni saqlab qoliş uçun öynaşdi, çunki bu natija Meksikani qöşimça körsatkiçlar evaziga ortda qoldirişiga imkon berardi — sariq kartoçkalar kamligi evaziga.
Yakunda Polşaning omadi keldi: Meksika parallel uçraşuv oxirida gol ötkazib yubordi, şunday ekan Yevropa jamoasi gollar nisbati yaxşiroqligi tufayli ham ikkinçi örinni egallaşdi. Ammo Mixneviç jamoasi guruh bosqiçida maqtovga arzigulik öyinlar körsatişmadi: jamoa faqat bir bölimda (Saudiya Arabistoniga qarşi öyinning ikkinçi bölimi) sifatli öyin körsatişdi va uç raqibga qarşi öyinda ham zarbalar soni böyiça ança katta farq bilan ortda qolişdi. Agar ikki öyinda penalti qaytargan Şçensni bölmaganida Polşa 1/8 finalga çiqa olmasdi.
Polyaklardan amaldagi jahon çempionlariga qarşi öyinda ham heç kim jiddiy qarşilik körsatişini kutmadi. Fransuzlar asosiy tarkibi futbolçilarining katta qismi Tunis bilan öyin vaqtida dam olişgan, lekin şu öyinda afrikaliklardan uçralgan mağlubiyat ularning jahlini çiqargandi.
Fransiya öyinni juda ajoyib boşladi. Vaqt ötgan sayin öyin tempi yuqorilab bordi, standart vaziyatlar xavfli köriniş oldi va ilk daqiqalardanoq raqib jarima maydoniga qamalib qoldi. Barçasi kutilgandek köriniş oldi: ilk daqiqalardagi öyin Fransiya hisobni oçişi vaqt masalasi ekanini körsatib turgandi.
Ammo Polşa hujumlarga bardoş berdi. Şu bilan birga jamoa futbolçilari raqib tomoniga ötişmadi: ular dastlabki zarbani faqat 21-daqiqaga kelib yöllaşdi, şunda ham uzoq masofadan — Levandovski özi uçun xos bölmagan uslubda gol urişga harakat qildi, çunki raqib darvozasiga yaqin borişning imkoni bölmadi.
Jiru — Fransiyaning eng yaxşi töpurari
Bu uçraşuv ikki tomonda ham yuqori pressing yöqligi bilan ajralib turardi. Buning ajablanarli tomoni yöq: Polşa ham, Fransiya ham raqibni maydonning ikkinçi tomonida kutib olişni xuş körmaydi, lekin bu uçraşuvda ularga himoyaçilarga bosim uyuştiriş yordam bergan bölardi. Ammo polyaklar pozitsion mudofaadan çekinmadi va vaqti-vaqti bilan yuzaga keladigan vaziyatlardan foydalanişga umid qildi. Bunday vaziyat yuzaga keldi ham: 38-daqiqada Loris, Ernandes va Varan birgalikda Fransiyani goldan qutqarib qolişdi, ketma-ket zarbalar qaytarildi.
Öşanda hisob 0:0 edi, agar Polşa gol urganida, muxlislar Jiruni tanqidlarga kömib taşlagan bölardi. Bundan bir neça daqiqa oldin Olive juda qulay vaziyatni yöqqa çiqargandi. Lekin tanaffus arafasida Jiru xatosini tuzatdi: polşalik himoyaçilar xatoga yöl qöyişdi, Fransiya termasi forvardi bundan foydalandi. Bu Jiru uçun milliy jamoadagi 52-gol böldi va u endi Terri Anrini ortda qoldirgan holda, «Uçranglilar» tarixidagi eng yaxşi töpurarga aylandi.
Mbappe — jahon çempionatining eng yaxşi töpurari
Tanaffusda Deşam heç narsani özgartirmaslikka qaror qildi, bunga hojat yöq edi. Polşa esa töpga egalik qilişga urindi va bu mantiqiy edi: ulardan gol uriş talab etilardi. Fransiya uçun bu ideal ssenariy edi: Polşa Saudiyaga qarşi öyinda töpga egalik qilgan bölsa ham pozitsion hujumlarni juda yomon ötkazgan va ikki golni faqat qarşi hujumdan urgandi.
Şuning uçun Loris darvozasi atrofidan xavf arigani bejiz emas. Birinçi bölimda polyaklar vaqti-vaqti bilan zarba berib turgan bölsa, ikkinçi bölimda yarim soat davomida zarba yöllay olişmadi. Fransiya esa heç qanday asabiyliksiz himoyalandi va vaziyat tuğilganda qarşi hujumlarga çiqdi, bu esa ikkinçi gol urilişi vaqt masalasi ekanini anglatardi. Bu lahza 74-daqiqada keldi: polyaklar juda oldinga çiqib ketişgandi va bundan fransuzlar foydalanişdi. Öz jarima maydoni içida turgan Grizmann töpni uzoqlaştirdi — Jiru mahorat bilan qabul qildi — Dembele öng qanotda oçildi — Mbappe hujumni yakunladi.
Ikkinçi goldan keyin öyin masalasi amalda hal böldi. Polşa inersiya bilan qarşilik körsatişda davom etdi, ammo Fransiya himoyasidan ötib bölmasdi. Bu vaziyatda polşaliklar javob golini urişidan köra fransuzlar uçinçisini urişi haqiqatga yaqin edi va şunday ham böldi: Mbappe şedevr ijro etdi. U Qatardagi gollari sonini beştaga yetkazdi va jahon çempionatlarida urilgan gollar soni böyiça Ronalduni ortda qoldirib, Messi bilan tenglaşdi va endi «Oltin butsa» uçun asosiy da’vogarga aylandi.
Şu bilan birga fransuzlar öyinni xotirjam yakunlaşga muvaffaq bölişmadi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalar sönggida Upamekano jarima maydonida qöl bilan öynagani uçun fransuzlar darvozasiga penalti qöyildi. Loris Levandovskining zarbasini uşlab oldi, ammo arbitr Robertdan zarbani qaytadan ijro etişni söradi (fransuz futbolçilari jarima maydoniga ertaroq kirib ketişgandi) — va ikkinçi urinişda hujumçi aniq zarba berdi.
Yakun — mutlaqo haqqoniy natija. Polşa birinçi bölimning ma’lum daqiqalaridagina gol urişga haqli öyin körsatdi, qolgan vaqtda — Fransiyaning total ustunligi kuzatildi. Ular kuçliroq edi va keyingi bosqiçga aynan ular yöl olişdi. Polyaklar uyga jönaşdi.
Inglizlar jahon çempionatida uçinçi bor yirik hisobda ğalaba qozonişdi
Markus Reşford guruhning sönggi öyinida Uels darvozasiga ikki gol urib, bir golga uzatma bergan va jamoa birinçi örin bilan pley-offga çiqişida asosiy işni bajargan hujumçi. Uşbu forvard turnirda ajoyib statistika qayd etmoqda: u zarbalar soni böyiça, jumladan darvoza sohasiga aniq borgan zarbalar soni böyiça, şuningdek raqib futbolçilarini aldab ötişlar va öz özidan gollar soni böyiça jamoada eng yaxşi körsatkiçga ega. Qolaversa, uning töğridan töğri raqobatçisi guruh öyinlarida yaxşi taassurot qoldira olmadi, öyin kuni esa oilaviy sababga köra Angliyaga qaytişiga töğri keldi.
Lekin Garet Sautgeyt uni boşlanğiç tarkibga qöşmadi. Holbuki Reşford asosiy tarkibga kiriş uçun barça işni qildi, pozitsiya böyiça uning raqobatçisi Sterling esa zayavkadan joy olmadi (xabarlarga köra, uning Londondagi uyiga öğri tuşgan). Qolaversa, Angliyaning bu öyin uçun tarkibi avvalgi öyindagi bilan faqat bir futbolçiga farq qilardi — öşa öyindagi ikki gol muallifi esa zaxirada qoldirildi. Nega bunday?
Bahsli tarkib
Muxlislar doim noodatiy qarorlari uçun Sautgeytni söroqqa tutişadi va ular javobsiz qoladi. Bu safar ham heç qanday yangilik yöq: Angliya termasi murabbiyi Reşford ilk daqiqalardan öynamasligi kerak deb topdi, hujum qanotlariga esa çap oyoqda öynaydigan ikki futbolçi — Saka va Foden tuşirildi. Savollarga javob maydonda beriladi.
Umuman olganda, Sautgeytni ayblaş örinsiz. Jamoa boşqaruvidagi olti yil mobaynida u yirik turnirlarda saviya borasida kuçsizroq bölgan raqiblarga umuman mağlub bölmagan. Uning natijalari barçasini aytadi: JÇ-2018 yarimfinali va Yevro-2020 finali. Ammo Senegal bilan öyinda dastlabki yarim soat xavotirlarga sabab böldi.
Britanlar öyin startida sust harakat qilişdi. Umuman olganda, ularning öyinni boşlaşi ançadan buyon hayron qilmay qöygan — inglizlar doimiy ravişda öyinning ilk daqiqalarida töpni maydon böylab olib yurişadi va ular oldiga oğir vazifa qöyilmagunça sur’atni oşirişmaydi. Senegal esa şunday vazifa qöydi: dastlabki yarim soatda afrikaliklar bir neça golli vaziyat yaratişdi, ammo Sarr ham, Dia ham imkoniyatlaridan foydalana olişmadi. Lekin öyinning bu qismida senegalliklar kamida bitta gol urişga munosib öynaşdi.
Angliya esa taşqaridan qaraganda xotirjam körinardi, ammo bu işonçli bölişi uçun gol urişi talab etilardi. Buning uçun şunçaki Keynning assistentlik sifatini namoyiş etişini kutiş kerakligi ma’lum böldi. Orqaroqqa qaytib öynagan sardor jamoa hujumini boşlab berdi: Bellingemga kesib ötuvçi ajoyib uzatma berdi, u esa Hendersonga golli uzatma amalga oşirdi — 1:0.
Keynning uzoq kutilgan goli
Angliya bu jahon çempionatida hisobni oçib olsa darhol ikkinçisini urmoqda. Bunga muxlislar Eron va Uelsga qarşi öyinlarda guvoh bölişgandi va bu öyinda ham şunday böldi: hisob oçilişidan ön daqiqa ötmasdan Keyn Qatardagi ilk golini nişonladi.
Top-jamoalar boşqalaridan nimasi bilan farq qilişi şu öyinda sezildi. Birinçidan, Senegal vaziyatlardan foydalanişda sustkaşlik qildi — Manesiz tarkibda gol uradigan futbolçi topilmadi. Angliya esa köp vaziyatlar yaratmasa-da, öz gollarini urdi. Ikkinçidan, britaniyaliklar raqibdagi umidni tezlik bilan öldirişga harakat qilib, hisobdagi ustunlikni oşirişdi. Bu turnirdagi köplab jamoalarga aynan şu jihat yetişmayapti — masalan, Germaniya va Ispaniya Yaponiya bilan öyinlarda yoki Argentina Saudiya Arabistoniga qarşi öyinda ikkinçi golni ura olmagani natijasida mağlubiyatga uçradi.
Xotirjam ğalaba
Tanaffusda afrikaliklar birdaniga uçta özgariş qilişdi, ammo barçasi — pozitsiyalar böyiça. Aliu Sisse şunçaki toliqqan futbolçilarni tetiklariga almaştirdi, ammo öyin kartinasi avvalgiça qoldi. Hatto töpga egalik qiliş böyiça ustunlik ham özgarmay qoldi. Angliya tanaffusgaça qilgan işini davom ettirdi — Foden, Bellingem va Şouning hisobiga çap qanotda kuçli bosim uyuştirildi, şuningdek öng qanotda Saka uçun böşliq yuzaga keltirildi. Birinçi bölimda bunday taktika iş bermagandi, lekin 57-daqiqada barçasi öxşadi: Foden şeriklari bilan çap qanotda mohirona hujum uyuştirdi, öng qanotda yolğiz qoldirilgan Saka esa hujumni gol bilan yakunladi.
3:0 — bunday uçraşuv uçun köp gol. Senegal yirik hisobda yutqazişga loyiq emasdi (öyin davomidagi zarbalar böyiça afrikaliklar 10:8 hisobida ustun kelgan), ammo inglizlar rahm qilişmadi. Ular uçinçi goldan keyin ham namunali harakat qilişda davom etişdi: xotirjamlik bilan himoyalanişdi va afrikaliklarga öyinni qutqariş haqida öylaşga ham imkon qoldirişmadi. Işonçli ğalaba — xuddi Fransiyaning Polşa ustidan qozongan ğalabasi singari.
10 dekabr kuni ötkaziladigan çorakfinal uçraşuvida angliyaliklar aynan fransuzlar bilan töqnaşadi. Bu murosasiz raqiblarning klassik töqnaşuvi böladi, ikki jamoaning haqiqiy kuçi şu öyinda bilinadi. Fransiya uçun ham, Angliya uçun ham bu saviya borasida teng raqibga qarşi ilk öyin böladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi