Ijtimoiy tarmoqlarning bir neça faollari sovuq kunlarda maktablar faoliyatini töxtatiş, şu yöl bilan bolalarni sovuq harorat va buning ortidan kelib çiqişi mumkin bölgan kasalliklardan asrab qolişni taklif qilişgan. Hozir yangi yil bayramlarini ham qamrab oladigan bir oylik ta’til berib, yozgi ta’til kunlarida ta’limni davom ettiriş ğoyasini ilgari surganlar ham bor.
Kun.uz Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova bilan boğlanib, vazirlikda qanday rejalar borligi bilan qiziqdi.
«Vazirligimiz mutasaddilari ijtimoiy tarmoqlardagi takliflarni diqqat bilan kuzatib borişadi. Bunday takliflardan xabardormiz. Lekin ayni paytda ta’lim jarayonini töxtatiş, ta’tillar muddatlarini özgartiriş reja qilinmayapti. Barçasi belgilangan dastur asosida davom ettiriladi.
Şu bilan birga maktablardagi holat ham muntazam monitoring qilib borilmoqda. Har bir hududda kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş böyiça ştablar taşkil qilingan. Isitiş tizimi nosoz yoki avariyaga uçragan, natijada öquvçilar sovqotişi mumkin bölgan ta’lim maskanlaridagi kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça tezkor çoralar körilyapti.
Ikkinçi çorak yakuni va yangi yil bayrami ta’tili ham belgilangan muddatda beriladi», – dedi u.












