AQŞ Senatiga Jorjiya ştatidan bölib ötgan saylovlarda Demokratik partiyadan nomzod Rafael Uornok ovoz berişning ikkinçi bosqiçida kutilganidek ğalaba qozondi. Bu haqda Amerika OAV 7 dekabr, çorşanba kuni telekompaniyalar prognozlariga tayanib xabar berdi. Uornok AQŞ sobiq prezidenti, respublikaçi Donald Tramp tomonidan qöllab-quvvatlangan sobiq amerikalik futbol yulduzi Herşel Uokerni ortda qoldirdi.

Uornokning ğalabasi şuni anglatadiki, demokratlar Kongressga oraliq saylovlar arafasida ötkazilgan sörov natijalaridan farqli ölaroq, hatto Senatdagi öz pozitsiyalarini mustahkamlaşga muvaffaq bölişdi: agar saylovgaça demokratlar va respublikaçilar yuqori palatada 50 ta öringa ega bölgan bölsa, hozir AQŞ prezidenti Jo Bayden tarafdorlari yana bir qöşimça ovozga ega böladi.

Noyabr oyida bölib ötgan Kongressga oraliq saylovlarda nomzodlarning heç biri 50 foizdan köp ovoz töplay olmagani uçun Jorjiyada ikkinçi tur ötkazilişi zarur edi. Bunga qisman Jorjiyada Senatga uçta nomzodning da’vogarligi sabab bölgan.

Jo Baydenning Demokratik partiyasi 8 noyabr kungi oraliq saylovlar natijasiga köra, Vakillar palatasida köpçilik örinni yöqotdi. Şu bilan birga, demokratlar sörovlarda taxmin qilinganidek jiddiy mağlubiyatga uçragani yöq. Demokratlar Senatdagi oz örnini himoya qilişga muvaffaq böldi. Bu Bayden tarafdorlarining Kongressda işlaşini osonlaştiradi.