Afğoniston poytaxti Kobul şahri köçalaridan biriga juda katta globus örnatildi. Unda Afğoniston Islom Amirligi hududi mamlakatning haqiqiy hududiga qaraganda köproq joyni egallagan. Jumladan, Afğoniston hududiga Eron va Markaziy Osiyo mamlakatlarining bir qismi qöşib yuborilgan.

Globusning diametri 8 metr, oğirligi 2 tonna bölib, motorli mexanizm yordamida aylanib turadi.

Globusni yasagan usta Ismatullo Habibiy boşqa davlatlar çegaralarining özgarişi va hududlarning «özlaştirib» yuborilişini tuşuntirar ekan, «Afğoniston hududi aniqroq körinib turişi» uçun şunday qilinganini aytgan.

Xaritani çizgan Ubayd Vardak sözlariga köra, u tört kun davomida «zinapoyadan deyarli tuşmasdan» işlagan.

«Tolibon» vakillari «ixtiro»ni olqişlab, uni Kobul şahri ma’muriyatining yutuqlaridan biri deb atamoqda.