Davlat statistika qömitasining dastlabki ma’lumotlariga köra, Özbekiston Respublikasida 2022 yil 8 dekabr holatiga doimiy aholi soni 36 millionga yetgan.

9 dekabr holatiga, aholi soni 36 mln 1 ming 831 nafarni taşkil etmoqda. Şundan erkaklar 18,1 mln kişi, ayollar 17,9 mln kişiga yetgan.

Qayd qiliş joizki, Özbekiston aholisining 35 milliondan 36 millionga yetişi uçun 1 yildan sal köproq vaqt ketdi. 2021 yil sentabr oyida Özbekiston aholisi 35 millionga yetgan edi.
Özbekiston aholi soni böyiça dunyo mamlakatlari orasida 41-örinda qayd etilgan.








