“Jizzax HETK” AJ viloyatdagi masjidlardan noqonuniy tarzda ortiqcha pul undirib kelgani aniqlandi
“Jizzax HETK” AJ uch yilda viloyatdagi masjidlardan 58 mln so‘mdan oshiqroq mablag‘ni noqonuniy tarzda olgan.
Antimonopol qo‘mitasi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan “Jizzax viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning 2019-2021 yillarda iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi bo‘yicha tariflarning to‘g‘ri qo‘llangani yuzasidan o‘rganish o‘tkazilgan.
O‘rganish jarayonida “Jizzax HETK” AJ tomonidan viloyatdagi diniy tashkilotlarga, shu jumladan, masjidlarga 2019-2021 yillarda elektr energiyasi uchun belgilangan tariflar noto‘g‘ri qo‘llangani va 58 million 289,3 ming so‘m ortiqcha mablag‘ olingani aniqlangan.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 avgustdagi “Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim ishlari va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi 364-son qarori va 2003 yil 10 sentabrdagi 525-F-sonli farmoyishida O‘zbekiston hududidagi diniy tashkilotlarga 2003 yilning 1 sentabridan boshlab ularga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlarga to‘lovlar aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha to‘lanishi qayd etilgan.
“Jizzax HETK” AJ esa yuqoridagi qaror va farmoyish talablarini buzgan holda masjidlardan oshiqcha pul undirib kelgan.
Qayd etilishicha, “Jizzax HETK” AJ tomonidan noto‘g‘ri hisoblangan 58 mln 289,3 ming so‘m masjidlarga qayta hisob-kitob qilingan.
Mavzuga oid
19:22 / 21.09.2024
Tadbirkorlarni quyosh paneli olishga majburlagan Sirdaryo HETK: “Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
17:08 / 30.08.2024
Toshkentdagi Mulla Xolmirza ota masjidi zamonaviy ko‘rinishda qayta qurilmoqda
18:03 / 12.07.2024