Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari, Jahon savdo taşkiloti (JST) bilan işlaş böyiça muzokaralar guruhi rahbari Badriddin Obidov Özbekistonning taşkilotga a’zo bölişi uçun JSTga a’zo davlatlar bilan bir qator ikki tomonlama muzokaralar ötkaziş hamda UNCTAD/JST xalqaro savdo markazi (XSM) tomonidan taşkil etilgan taşqi savdo strategiyalari forumida iştirok etiş uçun Jyenevaga keldi.
Taşrif davomida AQŞ, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Qatar, Turkiya, Singapur kabi 14 davlatlar taşkilotdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari va ekspertlari bilan Özbekiston JSTga a’zo bölişi yuzasidan navbatdagi muzokaralar olib borildi. JST boş direktori örinbosari Jan-Mari Pogam va taşkilot kotibiyati qöşiliş bölimi boşliği Mayk Oşikava bilan uçraşuvlar bölib ötdi.
Muzokaralar çoğida Özbekiston JSTga a’zo bölişi böyiça işçi guruhi 6-yiğilişini taşkil etişga tayyorgarlik köriş yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar, bu jarayonni yanada jadallaştiriş böyiça amaliy çora-tadbirlar bilan boğliq masalalar muhokama qilindi. JSTga a’zo davlatlar bilan bozorlariga respublika tovar va xizmatlari çiqişi böyiça alohida muzokaralar olib borildi.
Davlatlar vakillari va JST kotibiyati ta’kidlaşiça, Özbekiston taşkilotga a’zo mamlakatlarga işçi guruh 6-yiğilişini taşkil etiş uçun barça zarur yangi hujjatlarni, manfaatdor davlatlar savollariga yozma javoblarni, milliy qonunçilikni JST qoidalariga muvofiqlaştirişga qaratilgan çoralar rejasi, sanitariya va fitosanitariya çoralari, savdodagi texnik tösiqlar, bojxona qiymatini baholaş, intellektual mulk, tovarlar importini litsenziyalaş va boşqa masalalar böyiça yangilangan hujjatlarni taqdim etgan.
Muzokaralar yakunida Özbekiston JSTga a’zo böliş jarayonini yanada jadallaştiriş, taşkilot tadbirlar jadvaliga muvofiq, 2023 yil boşida işçi guruh 6-yiğilişini ötkaziş böyiça kelişuvga erişildi.
8-9 dekabr kunlari investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari B. Obidov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Taşqi savdo strategiyalari forumida iştirok etdi.
Munozaralar davomida Özbekiston delegatsiyasi mamlakatda taşqi savdoni erkinlaştiriş sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar natijalari, qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ma’muriy çora-tadbirlar, elektron tijorat böyiça milliy strategiya loyihasini işlab çiqiş töğrisida batafsil ma’lumot berdi.








