UzAuto Motors kompaniyasining Özbekistondagi dilerlari bugun, 13 dekabrdan boşlab Damas mikroveni va Labo kiçik pikapi uçun şartnomalar tuzişni töxtatdi.

Toşkentdagi avtosalonlardan birining xodimi Kun.uz bilan suhbatda şartnoma tuziş keyingi yildan boşlanişi kutilayotganini ma’lum qildi.

Kompaniya 8 dekabrdan Lacetti va Cobalt uçun şartnoma berişni ham töxtatgan edi. Har ikki holatda ham mijozlarga bu borada oldindan anons yoki keyingi izohlar berilmadi.

Avvalgi yillarda kontraktatsiya töxtab, narxlar oşgan holda qayta oçilgani xaridorlarning narx oşişi borasidagi xavotirlariga sabab bölmoqda.

Ötgan oylarda Spark va Nexia avtomobillari işlab çiqarişdan olingan, natijada ayni paytda mijozlar faqat yangi Onix modeli uçun şartnoma qilişi mumkin.

“UzAutoSavdo” ilovasiga köra, Onix uçun navbat 5300ta avtomobilni taşkil etadi. Şartnomalar 2023 yil 31 dekabr sanasiga qadar avtomobil yetkazib beriş şarti bilan tuzilmoqda.

Eslatib ötamiz, kompaniya 2023 yilda Cobalt va Damas işlab çiqarişni oşirib, Gentra işlab çiqarişni töxtatişini ma’lum qilgan.