Joriy yildagi musobaqalar 10-13 dekabr kunlari Qarşi davlat universiteti va viloyatning boşqa oliy ta’lim muassasalari mezbonligida ötkazildi.

Foto: Qarşi DU axborot xizmati

Tört kun davom etgan musobaqalar köplab iqtidor egalarini kaşf etgani, jamoalarni yanada jipslaştirgani, yoşlar örtasida hamjihatlik tuyğularini, döstlik riştalarini yanada mustahkamlagani bilan ahamiyatli böldi. Bellaşuvlar mini futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, stritbol kabi sport turlari böyiça bölib ötdi. Final bosqiçida umumiy hisobda 574 nafar sporsevar talaba iştirok etdi.

 

Qarşi davlat universitetida taşkil etilgan taqdirlaş marosimida barça ğolib va sovrindorlarga kubok, diplom va medallar tantanali topşirildi. Taqdirlaş marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari, Yoşlar işlari agentligi, viloyat hokimligi rahbar va mas’ul xodimlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, talaba-yoşlar iştirok etdi.

Qarşi davlat universiteti bu kabi yirik musobaqalarga ilk bora mezbonlik qilmoqda. Şu bois, uşbu musobaqa şarafiga universitetda «Ziyolilar boği» ham barpo etildi.

«Beş taşabbus olimpiadasi» respublika final bosqiçi musobaqalari yakuniga bağişlangan tantanali marosimga taşrif buyurgan yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Ziyolilar boği»ga köçat ekiş tadbirida iştirok etdi. Mehmonlar tomonidan oliygohning belgilangan hududida mahalliy iqlim şaroitiga mos mevali daraxt köçatlari ekildi.