Tadbir universitetda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, ta’lim jarayonidagi yangiliklar hamda talaba-yoşlar uçun yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar bilan yaqindan taniştiriş maqsadida ötkazildi.

Dastlab universitet rahbariyati tomonidan oliygohda yoşlarning sifatli ta’lim olişi, ilm-fan bilan şuğullanişi va öz salohiyatini röyobga çiqarişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda sönggi yillarda amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari haqida ma’lumot berildi.

Şundan söng press-tur iştirokçilari universitetning zamonaviy infratuzilmasi va yangi obektlari bilan tanişdilar. Jumladan, 5 qavatli Xorijiy tillar fakulteti öquv binosi, unda joylaşgan “Institut Français de Karshi” fransuz tili markazi, Ingliz tili dasturlari, KOICA markazi, Nemis tili, Rus tili va Xitoy tili markazlari, Erasmus+ dasturlari ofisi, media studiya, sinxron tarjima auditoriyasi hamda zamonaviy ma’ruza zallari közdan keçirildi.

Şuningdek, “Loçin” futbol klubi uçun barpo etilgan zamonaviy stadion majmuasi ham namoyiş etildi. Proliga talablariga mos ravişda bunyod etilgan majmua tarkibidagi 1400 örinli tribuna, sun’iy qoplamali yuguriş yölagi va ikki qavatli ma’muriy bino bilan tanişildi.

Press-tur davomida yer osti sizot suvlarini “OSMOS” texnologiyasi orqali tozalab, toza suv işlab çiqariş inşooti, Talabalarga xizmat körsatiş markazi, Yoşlar markazi, Turizm amaliyot markazi, tibbiyot fakulteti öquv binosi, Muqobil energiya manbalaridan foydalaniş laboratoriyasi hamda 1 iyun kuni foydalanişga topşirilgan, universitet tasarrufidagi 240 örinli “UniKids” maktabgaça ta’lim taşkiloti faoliyati ham namoyiş etildi.

Tanişuv yakunida jurnalist va blogerlar özlarini qiziqtirgan savollarga universitet mas’ullari tomonidan batafsil javob oldi.

Reklama huquqi asosida