Ayni paytda Xitoy dunyoning eng köp aholi mavjud davlati hisoblanadi. Keyingi örinlarni esa Hindiston va AQŞ egallagan.

BMT hisobotiga köra, 2023 yilda Hindiston aholisi Xitoynikidan köproqni taşkil qilişi kutilmoqda. Hozir har ikkala davlatning ham aholi soni 1,4 milliarddan oşgan.

Aholi soni nimani belgilaydi?

«Aholisi eng köp davlat» maqomi Xitoydan Hindistonga ötişi qanday ma’no anglatadi?

The Guardian naşri aynan şu savolni tahlil qildi. Naşrning yozişiça, Xitoy bu tarixiy voqea yuz bergandan keyin ham qudratli davlat bölib qolaveradi va super qudratli davlat maqomiga erişiş borasida AQŞ bilan bellaşuvi davom etaveradi. Şunçaki odamlari soniga qarab hisoblaganda eng katta mamlakat maqomidan mahrum böladi.

Mavjud tendensiyalarga köra, aholi sonidagi tafovutlar tez sur’atlar bilan kattalaşib boraveradi. Biroq bu dunyo miqyosida mamlakatlar nufuzini belgilaşda unçalik ham katta ahamiyatga ega emas. Sababi, mamlakatlar nufuzi investitsiya, davlat boşqaruvi kabi omillar bilan köproq belgilanadi. Ya’ni aholining qança bölişi mamlakatlar istiqbolini belgilab beradigan darajada muhim emas.

Xitoyning «qarişi»

Lekin şunday bölsa-da, Hindistonning aholi soni böyiça Xitoydan oşib ketişi XXI asrda çeksiz yuksalişni közlagan Xitoyning çegarasizligiga şubha uyğotadi. Sababi, Xitoy aholisi 1,4 mlrd çöqqisidan söng sezilarli ravişda qisqarişi prognoz qilingan.

Yevrosiyo guruhi prezidenti Yan Bremmerning qayd etişiça, Xitoyning aholi soni qisqarişi Yaponiya va Janubiy Koreyanikidan köra şiddatliroq keçadi va bu davlatlar örtaça daromadli bölgani uçun ham aholi qisqarişi ular uçun katta muammo.