Maktabgaça ta’lim vaziri Agrippina Şin va vazirlik mas’ullari 14 dekabr kuni yil yakuni böyiça matbuot anjumani ötkazdi. Unda Kun.uz muxbiri tarbiyaçilar olayotgan oylik iş haqi kamligi va uni oşiriş imkoniyatlari çeklangani haqida vazirga savol berdi.
— Vazirlar Mahkamasining 2021 yilda qabul qilingan 572-sonli qaroriga köra, malaka toifalarini oliş uçun ötkaziladigan attestatsiya imtihonlariga faqat oliy ma’lumotli pedagoglar jalb etiladi. Oliy ma’lumoti yöq kadrlar esa şu imtihonlarga jalb etilmagani sababli malaka toifasini ololmaydi. Malaka toifasi bölmasa, ularning oyligi ham oşmaydi. Çunki maoş masalasi toifalarga boğliq. Nima sabab şu masalani körib çiqiş uçun vazirlik tomonidan taklif berilmaydi?
— Juda yaxşi masalani kötardingiz. Darhaqiqat, ta’lim tizimimizdagi davlat MTTlarida işlayotgan pedagoglarning 37 foizi oliy ma’lumotli, nodavlat boğçalarda esa bu raqam 25 foizni taşkil etadi. Ta’lim sifati esa oliy ma’lumotli öqituvçilar soniga ham boğliq. Qişloqlarda örta maxsus ma’lumotli pedagoglarimiz köp. Ha, töğri aytdingiz, örta maxsus ma’lumotli pedagoglarning toifasi yöq.
Biz pedagogika kollejini bitirgan barça bitiruvçilarimiz oliy ma’lumotli bölişini ta’minlaşdan manfaatdormiz. Şuning uçun bu borada bir neçta yangiliklar qilinmoqda, qilindi ham. Ya’ni amaliyotga 2+2 öqiş şakli joriy etildi. Pedagogika kollejini bitirişganidan keyin, test emas, suhbat şaklidagi sinovlardan ötgaç, OTMning 2-bosqiçidan qabul qilinadi. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, Puçon universiteti, şuningdek, keyingi yildan barça pedagogika institutlariga 2+2 tizimi joriy etiladi. Bundan taşqari, maktabgaça ta’lim yönalişida bakalavriat ta’limini 4 yildan 3 yilga qisqartirdik.
Maoşlar masalasi ham juda dolzarb. Bu – Toşkent deklaratsiyasida kötarilgan 4 ta masaladan biri, ya’ni maktabgaça ta’lim tizimi pedagoglarining imijini oşiriş. Imijni oşiriş uçun maoşni oşiriş kerak.
Tarbiyaçilarning maoşini heç bölmaganda boşlanğiç sinf pedagoglarining maoşiga yetkaziş uçun qança mablağ kerakligini hisoblab çiqqanimizda, bizga yiliga 2,5 trln söm kerakligi ma’lum böldi. Bu – katta summa. Şuning uçun hozirda aynan şu masalalarni öz içiga olgan qonunçilik hujjatini işlab çiqyapmiz. Bu – eng oğriqli masala. Biz bu masalani kötarmayapmiz, deb öylaysizmi? Kötaryapmiz. Hammasi moliyaviy resursga borib taqaladi, deya javob berdi Agrippina Şin.










