Argentina va Fransiya bugun jahon çempionatining final öyinida maydonga tuşişadi. Tört yillikning eng muhim öyini oldidan futbolçilarning jismoniy holati böyiça savollar yuzaga keldi. Masalan, fransuzlar tarkibida Marokaşga qarşi yarimfinal öyinini Adriyen Rabio va Deotşankyul Yupamekano ötkazib yuborişgandi. Xabar qilişlariça, mazkur futbolçilar gripp alomatlari tufayli özlarini yomon his qilişgan. 

«Dohada harorat biroz pasaydi, konditsionerlar esa hamon yoqiq, hamişa ehtiyotkor böliş kerak. Bizda bir neça gripp alomatlari bilan kasallaniş holatlari bor. Konditsionerlardan foydalaniş ham virus tarqalişiga ta’sir körsatişi mumkin.

Yupamekano Angliya bilan öyindan keyinoq özini yomon his qila boşladi. Bu zöriqib işlaganda va buning oqibatida tana zaiflaşganida, viruslarni yuqtirişga moyil bölib qolganingizda sodir böladi», — degandi Fransiya boş murabbiyi Dide Deşam.

Rabio va Yupamekano Daniyaga qarşi öyinda
Foto: CLIVE MASON/GETTY IMAGES

Köp ötmay fransuzlar jamoasi safida yana bir futbolçi kasallangani ma’lum böldi. 14 dekabr kuni Marokaşga qarşi öyin oldidan jamoa vingeri Kingsli Komanda darmonsizlaniş alomatlari kuzatilgan. Natijada u maydonga çiqmagan va jamoadoşlar bilan keçki ovqatga ham tuşmagan, payşanba kuni Fransiya jamoasining tiklaniş böyiça maşğulotlarida iştirok etmagan.

«Payşanba kuni ertalab Komanda ham bezovtalik kuzatildi. Hozir gripp mavsumi, virus tarqalib ketmasligiga işonç hosil qiliş uçun barça zarur ehtiyot çoralarini körmoqdamiz. U, albatta, kasallangan, ammo biz qölimizdan kelganini qilamiz. Biz Komanni jamoadan alohida qildik. Ammo bizda keyingi öyinga qadar bir neça kun bor va u yakşanba kungi öyinga tayyor bölişi kerak», dedi murabbiy.

Ammo juma kuniga kelib muammolar köpaydi: ikki markaziy himoyaçi – Rafael Varan va Ibrohim Konateda ham kasallik alomatlarini his qila boşlaşdi. Yarimfinal öyinida aynan ular markaziy himoya juftligini hosil qilişgandi.

OAVda fransuzlar jamoasida «tuya grippi» tarqalgani ehtimoli haqida xabarlar tarqalgan. Bu xalqaro nomlanişi Yaqin Şarq respirator sindromi (MERS) bölib, buyuk britaniyalik mutaxassislar infeksiya Qatardagi jahon çempionati start olişi bilan tarqala boşlagani haqida ma’lum qilişgan. Virus insonga hayvondan ötadi, tuyalar esa asosiy böğin hisoblanadi. U ilk bor 2012 yilda Saudiya Arabistonida aniqlangan. Ötgan vaqt içida butun dunyo böylab 2600 ta holat tasdiqlangan va şundan qariyb ming bemor vafot etgan. Bu gripp alomatlari: isitma, tomoqdagi oğriq, quruq yötal va böğiliş. Şuningdek qorin oğriği, köngil aynişi yoki iç ketişi kuzatilişi mumkin. Ammo, Mirror naşri qayd etişiça, fransuzlar jamoasi vakillari bunday jiddiy kasallik bilan boğliq bölmagan oddiy gripp yuqtirib olişgan.