Albatta, Messining ğalabasi, Mbappening het-trigi, Emiliano va boşqalar, hammasi final oqşomining asosiy mavzulari, töğri, lekin yana şunday bir qahramon borki, uning mehnatini e’tirof etmaslik mumkin emas.
Lionel Skaloni. Argentina terma jamoasi murabbiyi. Messi 17 yildan beri futbolda, qança murabbiy bilan işladi, ammo aynan Skaloni uni çempionga aylantirdi. Futbolçilarning ajoyib harakatlaridan taşqari, Skalonining bir qator qarorlari, işlari bor va usiz hali uzoq davom etadigan keçagi bayram ham bölmasdi.
Avvalo, ikki yil oldingi Braziliyadagi ğalaba – Argentinaning bugungi avlodiga öziga bölgan işonçni paydo qildi. Messi atrofida qanday jamoa quriş mumkinligini barçaga aynan Skaloni körsatdi, axir Messi bilan ğolib bölgan avvalgi jamoalarda Xavi – Inesta, Neymar – Suares kabi boşqa yulduzlar ham bölganini unutmaslik kerak.
Ikkinçidan, dastlabki öyindagi mağlubiyat. Mundialda eng katta bosim ostida bölgan ikki murabbiydan biri (ikkinçisi Santuş) bölişiga qaramasdan, mana şunday omadsiz startdan keyin ham jamoani saqlab qola bildi. Bu oson emas. Ayniqsa, yulduz va yoş futbolçilar qorişmasidan iborat tarkibda ajoyib muhitni saqlab qoliş, Argentina tarixidagi eng qiyin raqiblardan biri Meksika bilan öyinga tayyorlaş... Umuman, Saudiyadan mağlubiyatdan söng, Argentinaning har keyingi öyini final maqomida bölgan, jamoaning yutqazişga haqqi yöq edi.
Uçinçidan, Skaloni turnir davomida öz xatolarini ham tuzatib bordi, futbolçilarning aynan mundialdagi qatnaşuvlariga qarab, kerakli reaksiyalarni berdi, tuzatişlarni öz vaqtida amalga oşirdi. Masalan, asosiy bölişi kerak bölgan Lautaro Martinesning omadsiz öyinidan keyin e’tiborni Alvaresga qaratiş, Enso Fernandes kabi mundialning özida porlagan futbolçini qisqa muddatda muhim figuraga aylantiriş, Di Mariyadan kam, ammo kerakli pallalarda foydalaniş...
Masalan, Di Mariyaning finalga qaytişini olaylik. Aslida murabbiy hatto Xorvatiya, Avstraliyaga qarşi öyinlarda ham ança ehtiyotkor tarkib tuşirayotgandi. Mbappe, Dembele kabi tezkor hujumçilarga qarşi yanada risk qilmasligi va hatto uç himoyaçi bilan ham sxema tanlanişi mumkinligi taxmin qilingandi. Xuddi Niderlandiya bilan bölganidek. Ammo Di Mariyaning asosiyga qöyiş orqali, raqibni ehtiyotkor bölişga undaş, ortga qaytişni unça xuşlamaydigan Mbappe va Dembelening qanotlaridan xavf tuğdiriş orqali, raqib hujumining «qölini boğlaş» rejasini hatto Deşam ham kutmagandi. Skaloni Mbappe va Dembelening ustunliklariga emas, kamçiliklariga urğu berdi, ustunliklarini kamaytirişga uriniş örniga kamçiliklaridan foydalanişni tanladi. Aynan öşa nuqtalarga zarba berdi – dastlabki ikki gol aynan şu ikki qanotdan sodir bölganini eslang. Qisqa turnir uçun bu qarorlar ança katta va riskka ega bölsa-da, yakunda Skaloni uddaladi.











